O’zbekistonlik 11 yoshli bola AQShda o’tkazilgan Qur’on musobaqasida g’olib bo’ldi

Mazkur tanlovda qariyb yigirmaga yaqin davlat arboblari, dunyoning turli davlatlaridan kelgan 45dan ziyod talabalar ishtirok etdi.

Asli o’zbekistonlik bo’lgan 11 yoshli Ibrohim Rustam Tadbir AQShning Nyu-York shtati Bruklin shahrida Amerika musulmonlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Qur’on musobaqasida g’olib bo’ldi.

“Xalq so’zi” nashrining yozishicha, Ibrohim oilasi bilan okean ortiga ko’chib borgan bo’lib, Florida shtati Orlando shahridagi nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar o’rgatiladigan Al-Buxoriy nomidagi Islom markazida ta’lim olgan.

manbaa: diqqat24.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий