O’zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 ” dan “9 ” raqamli tizimga o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar beradi. 2018 yilda joriy “7 raqamli” telefon raqamlari tizimidan “9 raqamli” tizimga o’tishni rejalashtirmoqda.

Ushbu o’zgarishlar xalqaro elektraloqa ittifoqi taklifi va RH 45-101:2013 raxbariy xujjati asosida amalga oshiriladi.

Xo’sh, ushbu o’zgarishlar natijasida nima o’zgaradi. Xozirda siz shaxar telefoni orqali Toshkent shaxrida joylashgan abonentga qo’ng’iroqni amalga oshirish uchun misol tariqasida 245-45-45 raqamlari tergan bo’lsangiz, ushbu o’zgarishlardan so’ng esa 71-245-45-45 tarzida raqam terilib qo’ng’iroq amalga oshiriladi.

Mobil telefoningiz orqali xam xuddi shu tartib amal qiladi. Abonent raqamini to’liq terilgan xolatda esa (+99871 245-45-45) odatiy tarzda qo’ng’iroq amalga oshiriladi.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий