Oyquloq (jabra)

Jabra (branchtae), oyquloq— suv hayvonlarining gaz almashinuv organi. Kelib chiqishi va tuzilishi har xil bo’lgan tana o’simtasidan iborat. Jabrada qon (yoki limfa) tomirlari qalin to’r shaklida tarmoqlangan. Tomirlarning yupqa devori orqali qon yoki tana suyukligidan atrof muhitga SO2 ajralib, undan O2 yutiladi. Halqali chuvalchanglar Jabrasi juda oddiy tuzilgan bo’lib,  parapodiylarida (erkin o’rmalab yashovchilar) yoki boshida (nay ichida yashovchilar), ko’pchilik yuksak qisqichbaqasimonlarda esa ko’krak oyoqlari asosida yoki tanasining ikki yonida joylashgan.  Hasharotlar  suvda  yashaydigan  lichinkalarining  traxeya  Jabralari  yupqa  devorli o’simtadan  iborat  bo’lib,  tananing  har  xil  joyida  o’rnashgan  o’simtaga  uchi  berk  traxeya naychalari  kirib  turadi.  Mollyuskalar  Jabrasi  ktenidiy  yoki  plastinkasimon.

Картинки по запросу фото жабра рыба

Ignaterililarniki (dengiz tipratikanlari va yulduzlari) niki ichi suyuqlik bilan to’lgan teri o’simtalaridan iborat. Suvda yashovchi xordalilar halqumi devorida bevosita yoki jabra oldi bo’shlig’i orqali tashqi muhitga ochiladigan Jabra yoriklari bo’ladi. Ichak bilan nafas oluvchilar, qobiklilar va bosh qutisizlar Jabra yoriklari oralig’idagi to’siq qon kapillyarlari bilan ta’minlangan. Jabra yoriqlari orqali suv bilan qon o’rtasida gaz almashinuvi ro’y beradi. Balikdar Jabra yoriklari Jabra yoylari bilan to’silgan. Tog’ayli baliklar Jabra yoylarida Jabra varaklari joylashgan. Suyakli va ayrim tog’ayli baliklar Jabra varaklari 2 qator bo’lib sirtdan Jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Bu qopqoqlar og’iz bilan bir vaqtda ochilib yopiladi. Jabra varaqlari sirtidagi yupqa burmalar Jabraning nafas olish yuzasini kengaytiradi. Faol suzadigan baliklar Jabra yuzasi kam harakat baliqlarga nisbatan ancha  keng.  Suvda  va  quruklikda  yashovchilar  lichinkalarida  tashqi  Jabra bo’ladi.  Jabra suv-tuz almashinuvi, suv va tuz ionlarini shimib olish va ajratishda hamda ammiak va mochevina ionlarini ajratib yuborishda muhim ahamiyatga ega.

Jabra orqali nafas oluvchilar (Branchiata) — bo’g’imoyoqlilar kenja tipi; 1 sinf— qisqichbaqasimonlarni o’z ichiga oladi. Birlamchi suv hayvonlari, ayrim turlari quruqlikda yashashga  moslashgan.  Odatda  jabralar  orqali  nafas  oladi.  Jabra orqali nafas oluvchilar jabrasi  oyoklari epipodat o’simtasi yoki shaklan o’zgargan oyoqlar hisoblanadi. Juda mayda turlarida jabra bo’lmaganligi uchun tana yuzasi orqali nafas oladi. Qurukliqda yashashga moslashgan ayrim turlari(zahkashlar)da o’ziga xos traxeyalar bo’ladi. Jabra orqali nafas oluvchilarning boshida2 juft mo’ylovlar — antennula va antennalar bo’ladi. Shuning uchun ularni ba’zan 2 juft mo’ylovlilar (Diantennata) deb ham ataladi.

Jabraoyoqlilar (Branchiopoda) eng sodda tuzilgan qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Boshi (protosefalon) ko’krak bo’g’imlari bilan qushilmagan. Fasetkali ko’zi va nauplius ko’zchasi bor. Bargsimon ko’krak oyoklari suzish, nafas olish va oziqni og’ziga haydash uchun xizmat qiladi.  Qorni oyoqsiz, ayri b-n tugaydi. 740 ga yaqin turi bor. Chuchuk suvda yashaydi, dengizlarda kam uchraydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasi— nauplius, metanauplius 2 turkum: bargoyoqlilar (Phyllopoda) va Jabraoyoqlilar (Anostraca)ra bo’linadi. Jabraoyoqlilar turlarining tanasi cho’ziq, uz. 5 mm dan3 sm, ba’zan10 sm gacha. Ko’krak segmentlari(11, ba’zan17—19), odatda bir juftdan oyoklarga ega. 180 turi ma’lum. J. keng tarqalgan, chuchuk suv havzalari, ko’lmak suvlarda yashaydi. Faqat artemiya sho’r va sho’rlangan suvli havzalarda uchraydi. Jabraoyoqlilar. — mikroskopik suv o’tlari, detrit bilan oziklanadi. Ko’pchiligi dastlab tuxumini tuxum xaltasiga qo’yadi, so’ngra suvga chiqaradi. Tuxumlari suv tubiga cho’kib, rivojlanadi. Ular uzoq, vaqt davom etadigan qurg’oqchilikka  va  haroratning  keng  chegarada  o’zgarib  turishiga  chidamli;  shamol  orqali tarqalishi mumkin.

Вам может понравиться

Добавить комментарий