Oyoq to’pi haqida afsona

Afsonalarda keltirilishicha, birinchi to’p go’zallik ilohi Afrodita tomonidan tayyorlangan, u sevgi ilohi Erosga tortiq qilayotib deydi:

«Men senga mo’jizaviy o’yinchoq hadya etyapman. Bu tezuchar shar (yumaloq jism) senga Gefest qo’lidan omon chiqib ketishingda asqotadi…»
Ayni shu holat futbolning ramzlaridan biri bo’lib qoldi. Ilohiy uchlik Quyosh, Oy va Yerga to’pning mengzalishi bejiz emas, albatta.

Картинки по запросу фото афродита футбольного мяча

Amerikaning tub aholisi sanalmish hindularning mashhur siu qabilasi ham bir vaqtlar ana shunday g’oyat qiziqarli, ko’proq jismoniy kuch talab etsa-da, bir olam ruhiy zavq beruvchi o’yin bahonasida musobaqalashishgan. Ular o’z futbolini «tapa banka yap» (to’p oshirish) deb atashgan ekan. Hindularning o’yinida garchi to’p ishtirok etsa ham hozirgi futbol ko’rinishidan ancha yiroq edi.

Inglizlar qadim zamonlarda futbol o’yinini xalk sayllari o’tkaziladigan moyli haftada o’ynashgan. Ikki tomonga ajralgan baqquvvat yigitlar to’pni bir-birlariga oyog’ida oshirish orqali raqib darvozasiga gol urishni ko’zlashgan. Darvozalar hozirgi davrnikidan keskin farqlangan, ikki jamoa darvozasi o’yindan oldin shahar markazidan uncha uzoq bo’lmagan ixtiyoriy nuqtalarga o’rnatilgan. U vaqtlarda jamoalarda necha kishi qatnashishi,qayerda o’tishi, muddati ham belgilanmagan. Hatto to’pning shakliga ham alohida etibor berilmagan. Qaysi taraf vakili boshi bilan gol yo’llasa, o’yin to’xtatilgan va o’sha jamoa g’alaba qozongan.

Futbol, inglizcha so’zlarning birikishidan xosil bo’lgan so’z, yani foot+ball, bu bizning tilda oyok to’pi degan manoni anglatadi. Ammo xalqaro miqyosda, AQShdan tashqari, Yer sharidagi barcha xalqlar uni birdek futbol, deb atashadi. Amerikaliklar futbolni soccer deyishadi.

1314 yil 13 aprelida Angliya qiroli Eduard II mahalliy savdogarlarning arzu dodiga qarab, aholiga duch kelgan joyda, ayniqsa, shahar ichida futbol o’ynashni qatiyan man etib qo’yadi.

1491 yil futbol (va golf) o’ynashni butun qirollik hududida taqiqlovchi navbatdagi farmoyish elon qilinadi. Unda nafaqat to’p surayotgan o’yinchilar, balki tomoshabinlar ham qamoqqa tiqilishi takidlangandi. Shunga qaramay, futbol jozibasi, sehri zabt etgan yuzlab kishilar bu sport turi bilan shug’ullanishda davom etishdi.

Faqatgina Yelizaveta I davriga kelib, futbol qayta tiklandi, mamlakat bo’ylab yangidan tug’ildi. O’sha davrda futbolning muhim qoidalari ishlab chiqildi. Alohida to’g’ri to’rt burchakli joy ajratiladigan va darvozalar ham shu yerga o’rnatiladigan bo’ldi.

Вам может понравиться

Источник: Школа Ставок

Добавить комментарий