Ov itlari

Ovchilikda foydalanadigan maxsus it zotlari guruhi. Yer sharida 100 dan ortiq Ov itlari zoti bor. Qimmatbaho mo’ynali hayvonlar (olmaxon, suvsar, sobol), asosan, Ov itlari yordamida ovlanadi. Ov itlari zoti bir necha guruhga bo’linadi: laykalar— o’rmonli joylarda mo’ynali  va  tuyokli  hayvonlar (yovvoyi  cho’chqa,  los,  bug’u), shuningdek,  o’rmon,  o’rmondasht zonalaridagi  yovvoyi,  suvda  suzuvchi  parrandalarni  ovlashda  foydalaniladi.  Laykalar ovlangan  hayvon  yoki  parrandalarni  qidirib  topib,  ovchi  kelgunicha  ushlab  turadi.  Tez yugurar tozilar— o’rmon, o’rmondasht zonalarida quyon, tulki, bo’ri, chiyabo’ri, silovsin va tuyoqli  hayvonlarni  ovlashda  foydalaniladi.  Ular,  ovchi  o’ljasini  otmaguncha,  vovullab hayvon izidan boraveradi.

Картинки по запросу фото собака для охота бегущая

Rus “psovaya borzaya” tez yugurar  ovchi iti

Tozilar— quyon, tulki, o’rmondasht, dasht va yarim cho’l rayonlarida mayda tuyoqli hayvonlarni ovlashda foydalaniladi. Tozilar katta, o’ziga xos tana tuzilishiga ega,  kuchli  it,  ko’zi  o’tkir,  tez  yugurishga  moslashgan (20 m/sek  gacha  yugura  oladi). Ular hayvonlarni quvib ushlab oladi(yoki bo’g’adi). U ya itlari (taksa, teryerlar, foksteryerlar) — inlaridagi tulki, bo’rsiq, yenotsimon itlarni ovlash uchun foydalaniladi; ular inlaridagi hayvonlarni ovchi oldiga haydab chiqaradi yoki inida holsizlantiradi.

Картинки по запросу фото собака такса для охота

Taksa zotli ov iti

Iskovuchlar (setter, poynterlar va boshqalar) — botqoq, o’rmon, dasht va suvda suzuvchi parrandalarni hidlab topib pisib yotgan joyini ovchiga bildiradi. Ovchining imosi bilan parrandani cho’chitib, otishga qulay qilib  beradi.  Spaniyellar  yerda  pisib  yotgan  parrandalarni  cho’chitib,  uchiradi.  Otilgan parrandalarni topib, ovchiga olib keladi.

Похожее изображение

Setter zotli ingliz ov iti

manba: Posobiye po sobakovodstvu, 2 izd., M., 1973.

Вам может понравиться

Добавить комментарий