Javdar – qora bug’doy

Spread the love

Javdar, qora bug’doy (Secale) — g’alladoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar turkumi, don ekini.

Картинки по запросу фото рожь13 turidan 11 tasi yovvoyi bo’lib, Kichik va O’rta Osiyoda, Eron, Afg’oniston, Zakavkazye, Janubiy Afrikada o’sadi, qolgan 2 turidan biri— dalalarda begona o’t tariqasida  uchraydi (S. segetale),  biri  asosan  Shimoliy  yarim  shar  mamlakatlarida yetishtiriladigan madaniy yoki ekiladigan Javdar (S. cereale) dir. Javdarning vatani Kavkaz, Kichik va O’rta Osiyoning tog’ oldi mintaqalari. Kuzgi va bahorgi shakllari bor, asosan kuzgisi ekiladi.

Картинки по запросу фото рожь

Jahon bo’yicha ekin maydoni 9,9 mln.ga o’rtacha hosildorlik 20,3 s/ga, yalpi hosili 20,1 mln. tonna (1999). Asosan Yevropa mamlakatlarida ko’p ekiladi (Polshada— 2,2, Rossiyada 3,5, Ukrainada 0,6 mln.ga). O’zbekistonda Javdar kam ekiladi (8 ming ga, 1999).

Javdar ildiz tizimi popuk ildiz, baquvvat, yerga asosan 120 sm (ayrim ildizlari 2 m) gacha kirib boradi. Poyasi poxol, 5—6 bo’g’imdan iborat, bo’yi 60 sm dan 2—2,5 metrgacha. Bitta o’simlikda 4—8 ta poya bo’ladi. Bargi barg qini va xanjarsimon uchli barg plastinkasidan iborat: to’pguli—boshoq,  gullari  ikki  jinsli,  mevasi  don,  yalang’och,  cho’zinchoq,  asosan  kulrang.  Javdar chetdan changlanadigan  o’simlik.  Javdardan  oziq-ovqat,  yem-xashak  va  texnika  maqsadlarida foydalaniladi. Javdar non (bug’doy non bilan birgalikda) eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir.

Yormasi va ko’k massasi, uni chorva mollari uchun qimmatli ozuqa; donidan aralash ozuqa, spirt va kraxmal, patoka ishlab chiqariladi, somonidan qog’oz, sellyuloza, lignin va boshqalar olinadi, shuningdek,  mollarga  yediriladi  va  to’shama  o’rnida  foydalaniladi.  Kuzgi  J.ning  faol vegetasiya  davri(120—150  sutka)  ikkiga  bo’linadi:  vegetativ  organlari  rivojlanib boradigan kuzgi davr (40—50 sutka) va generativ organlari shakllanadigan va o’simlik hosil beradigan bahorgi-yozgi davr (75—100 sutka). Urug’i 1—2° issiqda unib chiqadi, maysalari sovuqqa chidamli. Javdar aprelning oxiri— mayning boshlarida boshoq chiqaradi, iyun oyida pishadi. Sug’oriladigan mintaqalarda kuzgi Javdarni makkajo’xori, g’o’za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan  bo’shagan  unumdor  yerlarga  ekish  tavsiya  etiladi.  O’zbekistonda  sug’oriladigan yerlarda, asosan, kuzda 4—6 sm chuqurlikda ekiladi (gektariga 2—2,5 s urug’ sarflanadi).

Sug’oriladigan yerlarda hosildorligi 20—50 s/ga, bahorikor yerlarda10—20 s/ga boradi. Ba’zi joylarda Javdarni oraliq ekin tariqasida ko’katini mollarga berish uchun ham ekiladi.

Navlari: Javdarning Vyatka, Kozon, Duragay 2, Vaxsh 116 (bahori) va boshqalar ekiladi.

Zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, kuzgi pashshalar, xasva va boshqalar.

Kasalliklari: ildiz chirish, qorakuya, qorako’sov va boshqalar.

manba: Yormatova D., Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi, T., 2000. Qo’ziboy Dushamov.

Вам может понравиться

Добавить комментарий