“Oscar” haqida qiziqarli faktlar

Oskar haykalchasining sodda va beo‘xshovligi haqidagi keng tarqalgan hazilda aytilishicha, uning obrazini yaratgan rassom Sedrik Gibbons zerikarli yig‘ilishlardan birida uhlab qolish arafasida haykalcha eskizini chizgan ekan.

Картинки по запросу Седрик Гиббонс

“Oskar” haykalchalsir muallifi assom Sedrik Gibbons

1929-yildan shu paytga qadar “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotni ingliz tilli asar ijodkorlari qo‘lga kiritib kelganlar.

Oskarning haykalchasining vazni naqd 4 kilo ekan;

Oskarning 34 sm bo‘yga va 3.85 kilogramm vaznga ega ramziy haykali britaniydan yasalib, oltin bilan qoplangan.

Yulduzlar ketma-ket o‘tadigan “Qizil yo‘lakcha” ning uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr. Umumiy vazni – 5 tonna. Yo‘lakchani solish uchun 21 kishi va ikki kun sarflanadi. Marosim tugagan zahoti yig‘ishtirishni boshlashadi. Buning uchun jami 4 soat ketadi.

Qizil yo‘l bo‘yida o‘rnatilgan katta Oskar haykallarining balandligi 2.5 metrdan 8 sakkiz metrgacha bo‘lib, har biri 550 kilogramgacha tosh bosadi.

Yulduzlar o‘zlariga ajratilgan joyni bilib olishlari uchun har bir o‘rindiq orqasiga aktyorning rasmi osib qo‘yiladi.

Mukofot topshirilishi oldidan g‘oliblarni faqatgina ovozlarni hisoblagan ikki ekspert biladi, xolos.

Marosimga kirishda har bir yulduz taklifnomasini ko‘rsatishi shart.

Aytishlaricha, kinoakademiya kutubxonachisi Margaret Xerrik stol ustida turgan haykalchani ko‘rgan hamono hayrat bilan: “Xuddi amakim Oskarga o‘xsharkan!” degan ekan. Shu-shu mukofotga Oskar nomi berilgan emish.

Oskar mukofotiga Oskar ismli bitta odam – operettalar muallifi Oskar Xammerstayn Ikkinchi sazovor bo‘lgan ekan.

Eng ko‘p Oskar mukofotini Uolt Disney olgan. Birinchisiga 1932-yilda ega bo‘lgan. Umrining oxirigacha 26 ta Oskar haykalchasidan iborat ulkan kolleksiya to‘plagan.

Eng ko‘p Oskar olgan filmlar:
“Ben-Gur” (1959), “Titanik” (1997), “Uzuklar hukmdori: qirolning qaytishi” (2003) – o‘n bittadan Oskar;
“Vestsayd voqeasi” (1961), “Shamollarda qolgan hislarim” (1939) – o‘ntadan Oskar;
“Jiji” (1958), “So‘nggi imperator” (1987), “Ingliz mijoz” (1996) – to‘qqiztadan Oskar;
“Kulbalardan chiqqan millioner” (2008), “Kabare” (1972) – sakkiztadan Oskar.

Eng ko‘p Oskar olgan aktyorlar:
Ketrin Xepbyorn – 4 ta “eng yaxshi ayol roli”;
Uolter Brennan – 3 ta “eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli”;
Ingrid Bergman – 2 ta “eng yaxshi aktrisa”, 1 ta “eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli”;
Jek Nikolson – 2 ta “eng yaxshi aktyor”, 1 ta “eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli”.

Вам может понравиться

Добавить комментарий