Ortiqcha vaznli odamlar uzoqroq yashaydi

18 yil davomida 10 000 nafar ko’ngillini kuzatgan amerikalik olimlar ortiqcha vaznga ega kishilar uzoqroq yashaydi, degan xulosaga kelishdi.

Qayd etib o’tamiz, so’z semirish kasalligiga chalinganlar haqida borayotgani yo’q, balki normal tana massasi ikki-uch kilogrammga og’irroq bo’lgan kishilar to’g’risida boryapti. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, vazn barqarorligi hayotning davomiyligida katta rol o’ynar ekan. Xususan, biroz ortiqcha vaznga ega odamlarda 51 yoshdan keyin jiddiy kasalliklarga chalinish va vafot etish xavfi vazni doimiy tarzda oshib borayotgan odamlarnikiga qaraganda past bo’lib chiqdi. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, ortiqcha vaznga ega va semirishga moyil ko’ngillilarning 7,2% tezroq olamdan o’tgan.

Aytganday, ham semirib ketish, ham ozib ketish kabi vazndagi tez-tez o’zgarishlar ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin ekan. Bu ayniqsa ortiqcha vaznga qarshi kurashayotganlarga taalluqli. Organizm har safar ozib, keyin yana semirganida kuchli stressga uchraydi. Bu organizmdagi o’z-o’zini yo’q qilish jarayonini ishga tushirib yuborishi mumkinligi aniqlangan. Mutaxassislar uzoq va baxtli yashash uchun vaznni doim bir xil ushlab turishni maslahat beradi. Keyin, yuqorida aytilganiday, 50 yoshdan so’ng ikki-uch kilogramm ortiqcha vazn ham umringizni kamida 15 yilga uzaytirishga qodir.

Вам может понравиться

Добавить комментарий