O’rta dengizdagi yo’lchi yulduz

Dengizda suzish, belgilangan joyga adashmasdan yetib borish, mavjud turli tabiiy to’siqlarni muvaffaqiyatli aylanib o’tish uchun aniq navigasiya asbob-uskunalari bo’lmagan qadimgi davrlarda dengizchilar asosan, yirik shaharlar atrofida baland va uzoq masofadan ko’rinadigan joyda o’rnatilgan mayoqlarga qarab harakat qilishgan. Mayoqlar aksariyat hollarda juda baland qilib qurilib, mazkur inshootni bunyod etish va ishlatish uchun ko’plab odamlar mehnat qilgan. Ana shunday mayoqlardan eng qadimiysi miloddan avvalgi III asrda Misrning Aleksandriya shahridan 56 km uzoqlikda joylashgan Faros orolidagi Aleksandriya mayog’idir. Mazkur inshootni ko’pchilik manbalarda orolning nomi bilan Faros mayog’i, deb atashadi.

Картинки по запросу фото маяк  фарос александрия острава

Aleksandriya mayog’i

140 metr balandlikka ega bo’lgan mayoq o’lchamlari bilan o’sha vaqtdagi eng yirik va baland inshootlardan biri bo’lgan. Shu bois, mayoq qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi qatoridan o’rin olgan. Mayoqning asosiy vazifasi kemalarga Aleksandriya porti joylashgan ko’rfazga O’rta dengizdagi suv osti qoyalarini aylanib o’tib, aniq yo’lni ko’rsatish bo’lgan. Kechasi mayoqda yorqin yongan olov yo’l ko’rsatsa, kunduzi dengizchilar inshootdan chiqib turgan tutun ustuniga qarab harakat qilishgan.

Faros mayog’i ulkan tosh asos ustiga qurilgan uch qavatli marmar minoradan iborat bo’lgan. Inshoot asosining tomonlari 30 metr bo’lgan to’g’ri to’rtburchakdan tashkil topgan. Shu bois, minoraning 60 metr balandlikdagi pastki qismi to’rtburchak shaklida bo’lib, bu yerda mayoqni qo’riqlaydigan askarlar va xizmatchilar yashaydigan xonalar joylashgan. Binoning ichki qismida aylanib tepaga chiqadigan yo’lak barpo etilgan. Minoralarga chiqiladigan zinapoyasimon yo’llardan farqli ravishda, Aleksandriya mayoshdagi yo’lak aravalar harakatini ta’minlash maqsadida tekis bo’lib, uncha qiya emasdi.

Mayoqning o’rta qismi balandligi 40 metrdan oshadigan sakkiz burchakli minoradan iborat bo’lib, uning atrofida tepaga chiqish uchun o’ramasimon aylana yo’l barpo etilgan. Minoraning bu qismi oq marmardan ishlangan. Eng yuqoridagi uchinchi minora silindr shaklini eslatib, unda olov yonib turgan. Minora ushbu qismining tepasidagi gumbazni sakkizta ustun ko’tarib turgan. Gumbazning ustiga esa yunoyugar e’tiqod qilgan dengiz ma’budi Poseydonning sakkiz metrli bronza haykali o’rnatilgan. Mayoq hozirgacha saqlanib qol-magan bo’lsa-da, Chexiyaning Ostrava shahridagi Munini bog’ida uning kichraytirilgan modeli o’rnatilgan.

Qal’a shaklida qurilgan mayoq Aleksandriyaning muhim mudofaa istehkomi va kuzatuv punkti bo’lgan. Inshootning tepa qismidan turli flotlarning O’rta dengizdagi harakatini kuzatish, xavf tug’ilgan vaqtda oldindan tegishli choralar ko’rish mumkin edi. Minoraning turli qismlarida turli asbob-uskunalar, jumladan, shamolning harakat yo’nalishini aniqlovchi flyuger, turli astronomik teleskoplar va soat o’rnatilgan.

Qadim zamonlardan buyon muhim savdo-sotiq markazi bo’lib kelgan Aleksandriya portiga miloddan avvalgi 332 yilda Make-doniyalik Aleksandr Misrga kelgan vaqtida asos solgan. Mazkur portning Urta dengizdagi eng gavjum port ekanligi haqida Urta osiyolik sayyoh Nosir Xisrav XI asrda yozgan «Sayohatnoma» asarida ko’rsatib o’tgan: «Men Shomdan to Qayruvonga qadar hamma shahar va qishloqlarni kezib chikdim… Misrda qayiq va kemalar shunchalik ko’pki, Bag’dod bilan Basraning ikkalovidagi qayiq va kemalarni birga qo’shganda ham o’shancha kelmaydi». Bu o’rinda sayyoh Misrning XI asrdagi eng yirik portlaridan biri bo’lgan Aleksandriya porti haqida so’z yuritgan.

Aleksandriya mayog’ining qurilishi 20 yilga mo’ljallangan. Ammo inshootni bunyod etish bo’yicha ishlar miloddan avvalgi 288 yilda boshlanib, besh yilda, ya’ni miloddan avvvalgi 283 yilda tugallangan. Faros orolining eng baland yerida bunyod etilgan ulkan (balandligi 140 metr) mayoqda yongan olovning nuri 60-100 kilometr uzoqlikdan bemalol ko’ringan. Olov uzoqdan yaxshi ko’rinishi uchun mayoqning turli tomoniga bronzadan yasalgan yaltiroq oynalar o’rnatilgan. Olovni ko’rgan O’rta dengizda suzayotgan dengizchilar o’sha vaqtda barchaga ma’lum suv osti qoyalariga yaqinlashayotganini bilib, bunday hududlarni aylanib o’tishgan. Mayoqdagi olovning yorqin yonishini ta’minlash uchun juda katta miqdorda o’tin va yoniyag’i talab etilgan. Yoqilg’i va o’tin inshootning olov yonadigan eng tepa qismiga xachirlarga qo’shilgan aravalarda o’ramasimon yo’lak orqali olib chiqilgan.

Mayoq qurilganidan 1500 yil keyin, ya’ni milodiy XII asrga kelib Nil daryosining quyilish qismidagi Aleksandriya porti joy-lashgan ko’rfaz daryo olib kelgan loyqalar bilan to’lib, bu yerda kemalarning yurishi qiyinlashgan. Shu bois, Faros orolidagi mayoq o’z ahamiyatini yo’qotib, asta-sekin vayronaga aylana boshlagan. Inshootning tepa qismidagi oyna vazifasini o’tagan bronzadan yasalgan moslamalar ko’chirib olinib, tanga zarb qilishda ishlatilgan.

XIV asrda Aleksandriya mayog’i zilzila ta’sirida butunlay vayronaga aylanib, inshootning bor-yo’g’i 30 metrlik qismi qolgan. Usha vaqtlarda Misrda hukmronlik qilgan turklar mayoqni tiklashga harakat qilishgan. Ammo inshootni tiklapshing iloji bo’lmagach, uning qoldiqlari xuddi shu joyda harbiy qal’a qurish uchun ishlatilgan. Mayoq qoldiqlaridan 1477 yilda qurilgan Qayt-Bey qal’asi hozirda Misrdagi Faros orolida qad ko’tarib turibdi.

Aleksandriya mayog’i dunyoda qurilgan dastlabki mayoqdir. Inshoot qurilganidan keyin 1500 yil xizmat qilgan, 200 yil vayrona holatida turgan. Mayoq shunchalik ajoyib qurilgan ediki, uning me’mori Knidlik Sostrat o’zi yaratgan inshootdan hayratlanib, o’sha vaqtdagi hukmdor Ptolomeyning obidalarga me’morlarning nomini yozmaslik haqidagi farmonini buzib, mayoqning asosiga «knidlik Dekstifonning o’g’li Sostrat dengizchilarni asraydigan ma’budlarga bag’ishladi», degan yozuvni o’yib yozgan. Ammo me’mor jazolanishdan qo’rqib, ushbu yozuvni qalin loy suvoq ostiga yashirgan. Vaqt o’tishi bilan suvoq yomg’ir ta’sirida yuvilib, Sostrat qoldirgan yozuv ko’rinib qolgan. Bu haqda Faros oroliga sayohat qilgan rimlik sayyohlar yozib qoldirishgan.

Aleksandriya mayog’i Yer yuzidan butunlay yo’qolib ketgan bo’lsa-da, qadimgi dunyoning bu mo’jizasini qurishda ishlatilgan g’oya hozirgi vaqtda ham yashamoqda. Chunonchi, AQShning Nyu-York shahridagi eng baland binolardan biri – Empayr Steyts Bilding Aleksandriya mayog’ini eslatadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий