Olimpiadaning g‘aroyib voqealari

  • Olimpiada o‘yinshlarining vujudga kelishiga sport emas, urushlar sabab bo‘lgan. Chunki qadimgi yunonlar jangchi yaxshi yugurish, nayza uloqtirish, raqibni urib qulatishda boshqalardan ustun bo‘lishi zarurligini yaxshi bilgan. Shu sababli Olimpiada o‘yinlari o‘ylab topilgan.

    Ma’lumotlarga qaraganda, qadimgi yunonlar o‘z yil hisoblarini birinchi Olimpiada o‘tkazilgan sanadan – miloddan avvalgi 776 yildan boshlagan.

    Garchi Qadimgi Yunonistonda eng yaxshi jangchilar spartaliklar hisoblansa-da, ular biror marta ham chempion bo‘lmagan. Chunki bir-ikki marta yutqazgandan so‘ng musobqada umuman qatnashmaslikni ma’qul ko‘rganlar.

    Zamonaviy Olimpiada o‘yinlari asoschisi baron de Kubertanning o‘zi ham musobaqalarda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Boisi Parijda tashkil etilgan birinchi zamonaviy Olimpiada o‘yinlari tartibidan shoirlar bellashuvi ham o‘rin olgan edi. Baron de Kuberten “O sport, sen o‘zing bir dunyosan!” degan she’ri bilan zafar quchgan.

    Bir yunon kishisi aravalar poygasi bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bir paytning o‘zida qo‘lga kiritgan. Hayron bo‘lmang, buning siri – oddiy. O‘sha paytdagi qoidaga muvofiq, g‘oliblik aravani boshqargan kishiga emas, aravaning egasiga berilgan.

    Qadimda Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan kishi o‘z shahriga juda katta dabdaba bilan kirib borgan. Shaharga boshqalar qatori darvozadan kirmagan. Uning uchun devorlar buzilib, maxsus darvoza yasalgan. Bu narsa “shunday pahlavoni bor shaharga devorning keragi yo‘q” degan ma’noni anglatgan.

    Olimpiada o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan 1988 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati davrida ham g‘aroyib voqea yuz bergan. O‘limga hukm qilingan bir meksikalik turma ma’muriyatidan jazoni amalga oshirish muddatini musobaqalar o‘tguncha cho‘zishni so‘raydi. Chempionat tugagach uning Yerda qiladigan ishi qolmasligini, o‘limni xursandchilik bilan qarshi olishini aytadi. Ma’muriyat ashaddiy ishqibozning talabini qondiradi. Lekin jazoni amalga oshirishning hojati qolmaydi. Meksikaning g‘alaba qozonganini ko‘rgan mahbus hayajondan infarkga uchraydi va dunyodan o‘tadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий