Olimlar soch oqarishiga qarshi yangi dori yaratishdi…

Barselona avtonom universiteti olimlari aslida saratonga qarshi yangi dori vositasini ishlab chiqib, uni 52 nafar o’pka saratoniga uchragan bemorda sinab ko’rmoqchi bo’lishgandi. Ular dorining salbiy ta’sirini tekshirib ko’rishni niyat qilishgandi. Qarangki, ta’sirni aniqlashdi. Lekin buni salbiy ta’sir ham deb bo’lmaydi. Dorini iste’mol qilgan bemorlarning 14 nafarida soch qorayish hodisasi ko’zga tashlandi. Haqiqatan, barchaning ko’z o’ngida ularning oqargan sochlari ilgarigi rangiga kira boshladi. Yana 13 bemorning boshida esa yoshlikdagi rangda yangi sochlar o’sib chiqayotganiga guvoh bo’lishdi. Lekin ixtirochilardan biri professor Jun Robinson hali buni soch oqarishiga qarshi dori sifatida tan olib bo’lmasligini uqtirdi. Sababi, dori vositasi olimlar tarafidan hali to’liq o’rganib chiqilmadi. Izlanishlar davomida rostdan ham u soch oqarishini bartaraf etib, yangi sochlar o’sib chiqishini ta’minlay olsa, keng omma e’tiboriga havola etiladi.

rambler.ru

Вам может понравиться

Добавить комментарий