Olimlar robot yordamida chaqaloqlar munosabatlarda hisob-kitob bilan “ish ko‘rishi”ni isbotladi

Robot olimlarga chaqaloqlar bir necha oylik paytidanoq hisob-kitobli munosabatlarga qodir ekanligini isbotladi: ular ota-onalariga bunga javob bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lgandagina kulib qarar ekan. Bu haqda “Gizmag.com” xabar bermoqda.

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti psixologlari onalar va to‘rt oylik chaqaloqlarning o‘zaro munosabatini videokameraga yozib olib, uning natijalaridan bolalarning aqliy rivojlanishi uchun yaratilgan Diyego-san robotini sozlash uchun foydalandi. Robotning go‘daknikiga o‘xshash yuzi turli his-hayajonlarni ifodalay oladi.

32 nafar talaba robot bilan uch daqiqali muloqotlarda ishtirok etdi. Ma’lum bo‘lishicha, robot unga insonlar qaramaganda deyarli tabassum qilmagan. Bu eksperimentdan so‘ng psixologlar “bolalar jilmayishlarini hisob-kitob bilan amalga oshiradi”, degan xulosaga keldi: ular ota-onasidan javob bo‘lishiga ko‘zi yetmaganda kulishga deyarli harakat ham qilmagan. Chaqaloqlarning o‘zini bunday tutishi ongli ravishda amalga oshiriladimi-yo‘qmi, olimlar bu savolga hozircha javob topgani yo‘q.

Вам может понравиться

Добавить комментарий