Olimlar nanotoladan “jonli bint” yaratdilar

Olimlar odam qoni oqsillariga biologik mos keladigan nanotoladan “jonli bint” yaratdilar. Olimlarning sa’y-harakatlari bilan shikastlangan hujayraning o’rnida yangisi rivojlanishi ikki martaga tezlashadi.

Картинки по запросу живой бинт

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha yupqa antibakterial xossaga ega yangi terapevtik material polikaprolakton asosidagi nanotoladan tayyorlangan.

Olimlar ushbu qoplama tarkibiga kumush nanobo’lakchalarini kiritish hisobiga bintning antibakterial xususiyatga ega bo’lishiga erishdilar. Yarani bitishi esa oqsillar yuzasiga qon plazmasini tortilishi hisobidan amalga oshiriladi. “Jonli bint”da foydalaniladigan plazmada trombositlar miqdori yuqori bo’lishi talab etiladi. Aynan ular to’qimalarning regenerasiya (bitish) jarayonlarini tezlashtiradi. Natijada yarani bog’lash uchun yupqa qoplama paydo bo’lib, innovasion bog’lamaning qo’llanilishi bilan hujayralarning qayta tiklanish jarayoni ikki martaga tezlashadi. Bundan tashqari u chandiqlar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Bemorni davolash davrida bog’lamani yechish yoki almashtirish shart emas. Bu bilan kasal odam ortiqcha og’riqdan xalos bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tganidan so’ng tola beziyon erib ketadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий