Olimlar immunitet xotira va intellektga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Inson miyasida shamollashga qarshi molekulalar yetishmasligi va boshqa shunga o‘xshash muammolar xotira ishini yomonlashtiradi va insonning o‘zlashtirish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi paytlarda olimlar immun tizimi miya ishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishga katta e’tibor qaratmoqda.


Oxirgi o‘n yil ichida neyrofiziolog va molekulyar biologlar immunitetning haddan ortiq faolligi yoki u bilan bog‘liq muammolar miya ish faoliyatida buzilishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, skleroz yoki Alsgeymer kasalligi ham aynan shu nuqson tufayli yuzaga keladi.

Olimlar gripp va boshqa shunga o‘xshash kasalliklar boshlanganida inson xotirasi susayishi sabablarini o‘rganishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, organizmda gripp virusi paydo bo‘lganida organizmda shamollashga qarshi reaksiya boshlandi, organizm o‘ziga xos “favqulodda holat” rejimiga o‘tadi. Bu vaqtda immunitet to‘qimalari istalgan turdagi shubhali obyektga hujum qila boshlaydi. Shuning uchun organizmdagi boshqa tizimlar faoliyati buziladi.

Manba: 

Вам может понравиться

Добавить комментарий