Olimlar 200 yoshgacha yashash sirini aytib berishdi

Amerikalik olimlar inson hayotini qanday qilib 200 yoshgacha uzaytirish mumkinligini aniqlashdi.

Ma’lum bo’lishicha, inson miyasi aynan shuncha vaqt xizmat qilishga qodir ekan. Biroq inson tanasi miyaning barcha funksional talablarini ta’minlashga qodir bo’lmagani sababli ertaroq nobud bo’lishi aniqlandi.

Insonning hayotini uzaytirish uchun olimlar o’ziga xos noyob sun’iy tana ishlab chiqishni taklif etishmoqda. Aytish joizki, hozirning o’zidayoq fikrning kuchi yordamida alohida protezlarni boshqarish mumkin. Ana shunday bionik a’zolar bilan yashayotgan odamlar ham bor. Olimlarning taxminicha, kelajakda alohida inson a’zolari emas, balki butun tana protez bo’lishi mumkin.

Shu yo’nalishda harakat qilayotgan amerikalik olimlar qonning o’rnini bosadigan, inson miyasini va sun’iy tanani barcha zarur moddalar bilan ta’minlaydigan maxsus eritmalarni yaratishga muvaffaq bo’ldi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий