Och qoringa nima yemagan ma’qul ?

Qornimiz och qolsa, ko’zimizga hech narsa ko’rinmaydi. Faqat yeyish haqida o’ylaymiz.Ammo och qolgan vaqtimiz hamma narsani ham yeyaverish yaxshimikan? Qaysi mahsulotlarni yeb, qaysisini yemagan ma’qul? Bugungi maqolamiz aynan shu haqida.

QUYIDAGILAR OCH QORINGA YEYILISHI TAVSIYA ETILMAYDI: 
Banan:
bananning  tarkibida magniy moddasi yuqori darajada bo’lganlilgi tufayli uni och qoringa yemaslik kerak. Sababi, bu meva oshqozonning buzlishiga sabab bo’ladi, magniy-kaltsiy moddalarining balansi buziladi. Oqibatda yurak faoliyatiga zarar keltiradi.
Apelsin: bu mevani och qoringa yesangiz oshqozoningiz gaz va kislotaga to’lishi tabiiy. Sovuq ichimliklar: bunday ichimlik ichak va oshqozon faolilyatini buzadi, uni zararlaydi. Oqibatda jiddiy kasalliklar kelib chiqadi.
Yogurt: och qoringa yogurt yeyilishi yogurtning  ijobiy hususiyatlarini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Yogurt ovqatdan 2 soatdan keyin yeyish tavsiya etiladi, yoki uyqudan oldin ichish kerak. O’shandagina uninng ozuqaviyligi oshadi.
Xurmo: xurmoni och qoringa yeyish pectin va kislotani oshishiga sabab bo’ladi, oshqozondan chiqadigan suyuqlik quyuqlashadi va oqibatda oshqozonda toshlar paydo bo’ladi.
Pomidor: pomidor ham xurmo kabi oshqozonga tosh yig’adi.
Shakar: shakar juda tez hazm bo’ladi. Shakar bo’sh oshqozonga ya’ni och qoringa kirganda organizmni tetiklashtiruvchi qon tarkibidagi insulinni yetarli darajada bo’lishini ta’minlay olmaydi. Bu esa ko’z kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, shakar kislota ishlab chiqarish xususiyatiga ham ega.
Sarimsoq: och qoringa iste’mol qilingan sarimsoq o’zidan alletsin moddasini ishlab chiqaradi . bu esa oshqozon va ichak devorlarini shikastlaydi. Bu esa gastro spazma kasalligini keltirib chiqaradi.
Juda och qolib ketgan taqdiringizda ham biror foydali ozuqa yeyishga harakat qiling. Esingizdan chiqmasin, och qoringga hamma narsani ham yeyish mumkin emas!
Albatta qorningiz och bo’lsa ham to’q bo’lsa ham bizning saytimizga tashrif  buyurish zarar qilmaydi bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar bilan doim  birgamiz

manba: tibbiy maslahatlar

Вам может понравиться

Добавить комментарий