Nima uchun tish pastasiga ftor qo’shiladi ?

XX asr birinchi choragida amerikalik stomatologlar ba’zi shtat (masalan, Arkanzas) aholisining tishida qora nuqtalar bilan qoplanganini ko’rishdi.Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, ushbu hududlardagi ichimlik suvining tarkibida ftoridlarning (ftorli birikmalar) miqdori keragidan ancha oshiqroq ekan. Ammo ftorning miqdori ortiqligining yaxshi tomoni ham bor edi, tuman aholisining tishlari boshqa mamlakat aholisiga nisbatan kariyes bilan og’rishi kamdan-kam uchraydigan holat hisoblanar edi.

Tajribalar ko’rsatishicha, ftor kam miqdorda suv bilan organizmga tushishi bilan tish to’qimasi bilan munosabatga tushadi va tishda bakteriyalar ko’paya olmaydigan muhit hosil qiladi. Bahs kelib chiqdi: kariyesni oldini olish uchun ichimlik suvining tarkibidan ftorni qo’shmaslik kerakmasdir? Ushbu g’oyaning tarafdorlari yutib chiqdilar, kariyesni oldini olish maqsadida organizmga kerakli bo’lgan ftorni tabletka yoki tish pastasiga aralashtirgan holda foydalanish orqali hal qildilar.

Ushbu holda tish pastasi tarkibida ftoridlar miqdori quyidagilarga javob berishi kerak: profilaktik hususiyatni ko’rsatishi uchun yetarlicha ko’p bo’lishi, shu bilan bir vaqtda, tish emalida qora nuqtalar yuzaga kelmasligi uchun yetarlicha past daraja bo’lishi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий