Nima uchun itlar insonga do`st tutinadi ?

Linchepingdagi (Shvetsiya) Universitet todqiqotchilari itiarda inson bilan do`stlashishga moyillik uyg’otuvchi genlarni aniqlashdi. Olimiar o`z xulosalarii Sciense Reports jurnalidagi maqola orqali ma’ium qilishdi.

Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, ularning maqsadi itning paydo bolishiga oiib kelgan bo`rining uy hayvoniga aylanishidagi genetik asoslarni aniqlash bo`lgan. Olimlar o`z izlanishlarida maxsus iabaratoriya sharoitlarida parvarish qilingan 437 biglni (it zoti) o`rganishgan. Har bir itni notanish tajribachi bilan bir xonaga joylashtirishgan. Jonivorlarga ichida yegulik bo`lgan 3 ta plastik konteyner ko`rsatishgan, ulardan birini faqat insongina ochishi mumkin bo`lgan.

Image result for фото собака и люде

Yegulikni olish uchun itlarga 3 daqiqa berilgan, Aksariyat hollarda jonivor insondan yordam berishni so`ragan, bunda u insonga termulib, unga sakrab muloqotga kirishgan. Biroq ba’zi bigllar konteynerni o`zlari ochishga harakat qilishgan.

Tadqiqotchilar ijtimoiy hamkorlik uchun eng yaxshi 95 va eng yomon 95 itni tantab olishgan. Jonivorlardan DNK namunalari oiingan va har bir guruhdagi itlarga qanday gen turlari xos ekanligini aniqlashgan.

Natijalar shuni ko`rsatdiki, inson bilan muloqotga moyilligi  bo`lgan jonivorlarda har biri kamida 5 tadan genga ega ikki genom sohasl mavjud. Ana shu 5 gendan 4 tasi inson genlariga yaqin bo`lib chiqdi, ulardogi mutatsiyalar ijtimoiy tartibsizliklar, masalan, autizm xavfini oshiradi.

Image result for фото собака и люде

Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, genetikaning do`stona munosabatga hissasi 30 foizni tashkil qiladi (boshqa omillarga tarbiyani misol qilish mumkin), Bundan tashqari, itlarning inson bilan yaqinlashuviga o`nlab yoki yuzlab inobatga olinmagan genlar sabab bo`lishi ehtimoldan xoli emas.

manbamegadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий