Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan…

Gemaniya va Daniyaning bir guruh tadqiqotchilari ayollarning biologik xususiyatlari sabab ular erkaklarga qaraganda ko’proq yashashlarini aniqlashdi.

Tadqiqotchilar buni biologik sabablar bilan bog’lashmoqda. Biroq ayollarning afzalliklari haqida aniq fakt yo’q.

  1. Ayollarning yuragi erkaklarning yuragiga nisbatan tezroq uradi.
  2. Ayollarning immuniteti erkaklarnikiga nisbatan ikki barobar kuchli bo’ladi.
  3. Ayollarning miyasi erkaklarnikiga nisbatan “qalinroq”, unda 30 foiz to’qimalar ko’p. Shuning uchun ular bir vaqtning o’zida bir nechta vazifalarni eplashadi.
  4. Ayollar erkaklarga nisbatan ranglarni yaxshi farqlashadi, chunki ularda rangni farqlash X-xromosomalar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan.
  5. Erkaklarga nisbatan yuqori chastotali tovushlarni ayollar yaxshiroq farqlashadi.
  6. Xotin-qizlar erkaklarga nisbatan shirin ta’mni yaxshi farqlashadi va yaxshi ko’rishadi.
  7. Ayollarda miyaning ikki markazi nutq uchun javob beradi, shuning uchun ular bir kunda 8000ta so’zni, 3000ta tovushni, 10000ta noverbal signallarni (imo-ishoralarni) bemalol ishlata oladi.
  8. Ayollardagi ikkita X-xromosamalar tufayli ularda kasalliklarning asorati kam qoladi va surunkali xastaliklar ham kam uchraydi.
  9. Ayollar bir yilda o’rta hisobda 30-64 marta yig’laydi. Erkaklar esa 6-17 marta.
  10. Progesteron, kortizol va estradiol gormonlarining ayollarda ko’p uchrashi ularda bezovtalik va hurkaklik tuyg’usini oshiradi, Shuning uchun ular erkaklarga nisbatan xavfni oldindan sezish qobiliyatiga ega.

Вам может понравиться

Добавить комментарий