Nima sababdan yelim yopishqoq bo’ladi?

Yelim – mahkamlash materiallaridan foydalanmasdan, ikki va undan ortiq narsalarni birlashtirishda qo’llaniladigan, yopishqoq modda. Yopishtirish uchun mo’ljallangan, bunday moddalar, turli xil materiallardan tayyorlanishi mumkin: go’sht sanoatining chiqindilari (hayvonlar terilari, suyaklari va qonlari), o’simlik kraxmallari va b. Yaqin o’tmishda, bunday maqsadlarda, anorganik sun’iy moddalardan tayyorlangan, sintetik smoladan foydalana boshlandi.

Yelim predmetlarni mustahkam yopishtirishiga qaramay – u suvni o’tkazishi va qaynagan suvda muammosiz erishi mumkin. 19 asrgacha, yelim eng keng tarqalgan yopishqoq modda hisoblangan. Hatto, bugungi kunda ham, ko’pchili, barcha yopishqoq moddalarni yelim deb ataydilar.

Yopishqoq moddalar, predmetlarni turli xil mustahkamlaydi. Ushbu modda, predmetlar sirtlarining ko’z ko’rmaydigan joylarga tarqalib, ularni bir biriga yopishtirish xususiyatiga ega. Bunday yopishtirish mexanik aloqa deyiladi. Shuningdek, yopishqoq modda, o’z molekulalari yordamida, boshqa predmetning ustki molekulalarini o’ziga tortishi mumkin. Bunday yopishish molekulalararo aloqa deyiladi. Shunday materiallar ham borki, ular yopishqoq modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishadi, shuning uchun, bunday yopishish kimyoviy aloqa deyiladi.

Qanday yopishqoq moddadan foydalanayotganingizga qaramay, predmetlarni bir biriga yopishtirishdan oldin. Ularning sirtlarini yaxshilab tozalib, so’ng esa, yopishqoq moddani surtish va ularni bir biriga mahkam qilib, bosish kerak. Agar predmetlar bir birga juda zich bosilmasa, yopishqoq modda qotib, faqatgina orasida bo’shliq bo’lmagan joylarini yopishtiradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий