Neft to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar

Hozirda kuniga 85 millon bochka neft qazib olinadi. Bir kunda dunyo aholisi yoqadigan neftni hosil qilish uchun tabiatga 1500 yil kerak bo’ladi. Bir yilda yoqadigan neftimizni tabiat yarim million yilda hosil qilgan – unda hattoki insoniyat mavjud bo’lmagan.
Neft o’n million yillar oldin dengiz suvida yashagan plankton organizmlar qoldig’idan paydo bo’lgan.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra neft toshko’mirga juda o’xshash, ikkalasining ham asosiy tarkibiy komponenti uglerod hisoblanadi. Shuning uchun neft va gazni olimlar ko’mir, torf va slanes bilan bir qatordaga qazilmalar – kaustobiolitlar sinfiga kiritishadi.
Haligacha olimlar neft tamom bo’ladigan yo tamom bo’lmaydigan zahiralarining turlari borasida yagona fikrga kelmaganlar.
Alyaska Qo’shma shtatlarga 1867 yilda bugungi kun hisobi bo’yicha olganda 100 million dollardan sal ko’proqqa sotilgan edi. Oradan o’ttiz yil o’tgach u yerda oltin koni ochildi va hammaga ma’lum “oltin vasvasasi” boshlandi. XX asrda esa umumiy zahirasi miqdori 100-180 milliard dollarga teng bo’lgan yirik neft va gaz konlari ochildi.
Jahonda bir kunda 85 200 000 barrel yoki 13 546 800 000 litr neft qazib chiqariladi (2009 yil boshidagi ma’lumot)
327 yilda Xitoy muhandislari bambuk quvurlar vositasida 240 metr chuqurlikkacha qazib, neft olganlar.Karnegi ma’lumotiga ko’ra o’sha vaqtda neftni “yonuvchi suv” deb atashgan va dengiz suvini bug’lantirib tuz olishda qo’llashgan.
1970 yilda Nobel mukofotini olgan Norman Borlag 40-yillar oxiridan boshlab Standart Oyl tomonidan moliyalashtirilgan. U yashil inqilobning otasi sanaladi. Qishloq xo’jaligida energiyaning almashinishiga e’tibor qarating – oziq-ovqat mahsulotining har bir kaloriyasiga 15 kaloriya neft energiyasi sarf bo’ladi.
Bu qimmatbaho foydali qazilma konining chuqurligi o’nlab metrdan to 5-6 kilometrgacha boradi.
Eng yirik neft konlari Saudiya Arabistoni, AQSh, Kanada, Rossiya (Sibirda), Eron va Xitoyda joylashgan.
Birinchi marta platforma bilan qazib olingan neft koni qirg’oqqa juda yaqin edi. 1891 yilda Riley and Banker’s Oil kompaniyasi xodimlari Buyuk ko’llardagi Sent Merida yog’och platformadan turib ish olib borishdi. Ko’l Ogayo shtatidagi Kolumbus shahridan 70 mil g’arbda joylashgandi
2005 yilda neft qazib chiqarish eng yuqori sur’atga yetdi. Bu yilgacha, aniqrog’i o’tgan yillar 20 aprelgacha qazib olingan neftning miqdori 2005 yilda qazib chiqarilgan neftga teng edi. 2011 yildan boshlab jahon har yili 10% neftini yo’qota bordi.
1763 yilda Lomonosov “Yer qatlamlari haqida” asarini nashr ettirdi. Unda neft va toshko’mir bir organik moddadan turlicha yo’llar bilan hosil bo’lishi taxmini ilgari surilgan edi.
Jahonda birinchi neft qudug’i 1846 yilda Kaspiy dengizi qirg’og’ida kavlangan.
2009 yilning sentyabrida Transocean kompaniyasining Deepwater Horizon platformasi qudug’i chuqurligi 10683 metrga yetib, jahondagi eng chuqur neft qudug’i bo’ldi. Bu rekord uzoq saqlanmadi, bor-yo’g’i yarim yildan so’ng bu platforma portlab ketdi.
Dunyoda 40 mingtacha neft koni bor. Jahondagi neftning 60% 300ta gigant kondan qazib olinadi. Ko’plab gigant konlar 30-70-yillar oralig’ida ochilgan. Qolgan 40% neft esa kichik konlardan qazib olinadi, ularning “umri qisqa” bo’ladi.
1960 yilda neft qazish ishiga 1 birlik energiya sarflab 100 birlik olingan. Bu koeffisiyent har yili 2 birlikka pastlab boradi. 2000 yilda 12-20ni tashkil qilgan. Shu ketishda kelajakda neft qazib chiqarish energetik nuqtai nazardan behuda ishga aylanadi.
Neft kelib chiqishi to’g’risidagi ilk nazariyalardan birida bu qora modda kitning peshobi bo’lib, ummon tubiga cho’kib qolgan, keyin yerosti kanallaridan yer qobig’iga sizib o’tgan, deb taxmin qilinadi.
Qazib olingan neftning faqat yarmidan benzin olinadi, qolgani esa turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Neft yordamida DVD va CD disklari, telefon va kompyuterlar, tank va samolyotlar, labbo’yoq va atirlar, tish pastasi va kir yuvish kukuni, antiseptik va boshqa dori-darmonlar ishlab chiqariladi. Bu hali to’liqro’yxat emas.
Saudiya Arabistonidagi 50x15km o’lchamdagi Safoniya koni dunyodagi eng yirik kon hisoblanadi. 1951 yilda ochilgan bo’lib, unda 37 mlrd barrelga yaqin neft va 151 mlrd kubmetr gaz bor. Buncha miqdordagi neft AQSh ehtiyojini deyarli 5 yilga qondiradi.
Xom neft tarkibida 1000ga yaqin komponentlar mavjud.
Deepwater Horizon platformasidagi Macondo qudug’i portlashi natijasida Meksika ko’rfazida taxminan 4,9 mln barrel neft oqib ketgan.
Bir tomchi neft 25 litr suvni ichishga yaroqsiz qiladi
Neft faqatgina qora emas, rangsiz, zangori, jigarrang, sariq, qizil bo’lishi mumkin, buning ustiga har bir rangdagisining ham o’ziga xos tuslari bor.

Manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий