Nabateya podsholigi

Nabateya podsholigi – Iordaniya hududida qadimda mavjud bo’lgan davlat (miloddan avval 3-asr oxiri— 2-asr boshi— milodiy 106). Miloddan avval 6-asr boshida Edem rayoniga arab qabilalaridan nabateylar kelib o’rnashgan. Ular xaqida ilk marta Bibliyada qayd etilgan. Miloddan avval 3-asr oxiri— 2-asr  boshlarida  poytaxti  Petra  shaxri  bo’lgan  Nabateya podsholigi  vujudga  kelgan,  u  ptolemeylar sulolasi boshqargan Misrning ta’sir doirasiga kirgan.

Похожее изображение
Nabateya podsholigining birinchi podshosi— Xaritat I (miloddan avval 169  yildan shoxlik qilgan). 87 (yoki 85) yillarda Xaritat III (miloddan  avval 87—62)  Damashqni bo’ysundirgan. Miloddan avval 60-yillar oxiridan Nabateya podsholigi Rim vassali Nabateya podsholigining ravnaq topgan davri Xaritat IV davriga (milodiy 9—40) to’g’ri keladi.

Похожее изображение

Nabateya podsholigining so’nggi podshosi Rabbil II (71 — 106) bo’lgan. 106 yil Rim imperatori Trayan Nabateya podsholigini tugatib, uning hududini Rimning Arabiston provinsiyasiga  aylantirgan.  Nabateyaliklardan  hozir  faqat  oz  sonli  yozma  yodgorliklar saqlanib qolgan.

Похожее изображение

manbaa: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi -2000 y.

Вам может понравиться

Добавить комментарий