Muzqaymoqning odamni baxtli qilishi isbotlandi

London tadqiqot instituti olimlari muzqaymoq odamni baxtli qila olishini isbotlashdi.

 Buni aniqlash uchun bir necha kishida tajriba o’tkazildi. Sinovda qatnashayotganlar muzdek shirinlikdan rohatlanayotgan bir paytda, olimlar ularning miyasida nimalar ro’y berayotganligini maxsus tekshiruv moslamasi orqali kuzatib turishdi.

 Aniqlanishicha, muzqaymoq miyadagi quvonch hissini uyg’otuvchi xududlarni yanada faollashtiradi. Buning uchun esa bir qoshiq muzqaymoq kifoya qilar ekan.

 Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra, har bir odam yiliga o’rtacha 12 kg. muzqaymoq iste’mol qiladi.

 Shu o’rinda diyetolog-shifokorlar muzqaymoqni faqatgina chanqoq qondindirish uchun emas, balki lazzatlanish uchun yeyishni maslahat berishmoqda.

Eslatib o’tamiz, muzqaymoqning tarixi 5 ming yilga borib taqaladi. Ma’lumotlarga ko’ra, ilk muzqaymoq eramizdan 2000 ming yil avval Xitoyda paydo bo’lgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий