Mo`jizalar va muzeylar yurti

Italiya – ko’p asrlik tarix va ajoyib iqlimga ega, jahon moda industriyasining asosiy markazi va usta pazandalar yurti sifatida butun jahonga mashhur bo’lgan maftunkor o’lkalardan biri. Darhaqiqat, Rimdagi mashhur Kolizey, Venesiyaning kanallardan iborat ko’chalari, Piza minorasi, Vezuviyning otilishi natijasida vayronaga aylangan Pompey haqida kim eshitmagan deysiz? Geografik o’rniga ko’ra ushbu mamlakat Apennin yarimoroli, Padan tekisligi, Alp tog’larining janubiy yonbag’irlari, Sardiniya va Sisiliya orollari hamda qator kichik orollar hududini egallaydi. Hududining xaritadagi ko’rinishi baland poshnali, qunjli etik shaklini eslatadi. Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Sloveniya, Vatikan va San-Marino kabi davlatlar bilan chegaradosh. Ma’muriy jihatdan 20 viloyat, 110 ta provinsiya hamda 8100 dan ortiq kommunalarga bo’lingan.

Vezuviyning otilishi

Mamlakatning umumiy maydoni — 301,2 ming kv.km, aholisi – 60,6 mln. kishi. Aholining o’rtacha zichligi – 1 kv.km. ga 201,1 kishi.

Mamlakat hududi asosan tog’liklardan iborat. Hamma tomondan dengiz bilan o’rab olingani bois, hududining asosiy qismida yumshoq O’rta dengiz iqlimi mavjud. Bu yerdagi daryolar nisbatan qisqa, eng uzun Po daryosining uzunligi – 682 km.

Italiya tektonik yoriqlar mintaqasida joylashgani bois, zil-zilalar bu yerda odatiy hol. Oxirgi 100 yil ichida juda katta vayronaliklarga olib kelgan 10 dan ortiq zilzila ro’y bergan. Mam­lakat hududida Etna, Vezuviy, Stromboli kabi harakatdagi yirik vulqonlar mavjud.

Italiya – dunyodagi halqaro sayyohlikning eng yirik markazlaridan biri. Mamlakatga har yili 50 mln.dan ortiq sayyohlar kelib, mazkur ko’rsatkich bo’yicha Italiya Yevropada Fransiya va Ispaniyadan keyin uchinchi o’rinda turadi.

Italiyaning butun dunyo sayyohlarini o’ziga doimo maftun etadigan tomoni – uning boy tarixi va madaniyati, hozirgacha o’zining ulug’vorligini saqlab kelayotgan betakror me’moriy obidalari.

Venesiya – Italiyaning suv ustiga qurilgan go’zal va maftunkor shaharlaridan biri. Har yili fevral oyida Italiyada venesiyacha niqoblar bayrami o’tkaziladi. Bu bayram davomida turli-tuman kiyim-kechak va niqoblarni ko’rib, Italiyadagi o’rta asrlarda hukm surgan sharoitni bevosita his etish mumkin.

Venesiyaning suv ko`chalari

Venesiyada suv ustida qurilgan binolar, faqat qayiq bilan suzib bora olish mumkin bo’lgan turli taomxonalarni ko’rib, hayratga tushmaslikning iloji yo’q. Bundan tashqari, Venesiyaning kanallari uzra qurilgan 400 dan ortiq ko’prik bayram da­vomida yanada o’zgacha tusga kiradi. Italiyaning yana bir ajoyib shahri – Siyenada mamlakatning boshqa shaharlariga nisbatan tarixiylik kuchliroq saqlanib qolgan. Tosh hovlilar, tor ko’chalar va nihoyatda qadimiy uylarda tabiiy holda o’sgan o’simlik yoki daraxtni ko’rish qiyin. Chunki ular faqatgina tuvaklarda o’stiriladi. Ko’chalarga yotqizilgan toshlar faqkatgina ba’zi yerlarda asfalt bilan almashtirilgan

Piza minorasi.

Bundan olti-yetti asr oldin qurilgan qo’ng’iroqxonalar, ibodatxona va butxonalar doim gavjum.

Vezuviy vulqonining otilishi natijasida eramizning 79-yilida vayronaga aylangan Pompey shahrining qoldiqlari xozirda Neapol (Napoli) provinsiyasi hududida bo’lib, vayronalar yonida Yangi Pompei shahri qad ko’targan. Bu yerdagi qadimiy ustun va ibodatxonalarning devorlarida qadimiy Pompei davlati tarixi muhrlangan.

Italiyaning poytaxti Rim miloddan avvvalgi 753 yilda Rem va Romul tomonidan barpo etilgan. Tarixchilarning fikricha, Romul -Rimning birinchi hokimi bo’lgan ekan.

O’yg’onish davrida Rim butun Yevropada madaniyat va me’morchilikning gullab-yashnashiga sabab bo’lgan. Italiya poytaxtini muzeylar shahri, deb aytish mumkin. Jumladan, Rim millim muzeyida mashhur yunon va Rim haykallari hamda dunyodagi eng boy arxeologik topilmalar to’plami joylashgan.

Mikelanjelo loyihasiga ko’ra Kapitoliy balandligida saroylar kompleksi barpo etilgan, hozirda ular muzeylar bilan band. Antik haykallar muzeyi, etrusk san’ati durdonalari muzeyi, oxirgi yuz yillikda yaratilgan haykallar va moybo’yoqda ishlangan rasmlar har bir sayyohda katta taassurot qoldiradi.

Kolizey – Rim arxitekturasining haqiqiy durdonasi bo’lib, uning qurilishi miloddan avvalgi 72 yilda boshlangan. Juda qadimiy bo’lishiga qaramay, mazkur inshoot o’zining ulug’vorligini hozirgi kunda ham saqlab qolgan.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий