Miya saratonini davolovchi virus topildi

Buyuk britaniyalik olimlar tomonidan inson immun tizimiga ta’sir etib, saraton hujayralarini nobud qilishga yordam beruvchi alohida virus topildi.

Ekspertlarning fikricha inson uchun xavfsiz bo’lgan reovirus gematoensefalik to’siqdan (markaziy asab tizimining asosiy “himoyachisi”) o’tib, bosh miyada paydo bo’lgan shishga tushib, immunitetni unga qarshi tabiiy ravishda kurashga undaydi.

O’tkazilgan tadqiqotda miya saratonining o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlar ishtirok etdilar. Jarrohlik amaliyoti o’tkazilishidan bir necha kun oldin xasta kishilarga vena qon tomirlari orqali reovirus kiritilgan. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng ushbu viruslar barcha to’qimalarda kuzatilgan va shishlarning o’lchamlari kichiklashganligi ham qayd etilgan.

Tadqiqot ishtirokchilaridan biri doktor Adel Samsonning fikricha, bu virusning miya gematoensefalik to’sig’idan o’tish qobiliyatini isbotlovchi va immunoterapiya imkoniyatini ochuvchi birinchi holat. Yangi virus organizm immunitetini rag’batlantirib, saraton to’qimalarini immunitetga yaqqol ko’rsatib beradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий