Maysur – Karnataka

Maysur— Janubiy Hindistonda joylashgan tarixiy viloyat. Miloddan 3—11-asrlarda Maysur hududida gangalar sulolasi hukmronlik qilgan. Ular o’zlaridan ko’ra ancha kuchli imperiyalar— G’arbiy Chaluk’ya, Rashtrakut, Chola sulolalariga tobe bo’lishgan. 12—14-asr o’rtalarida Maysurning deyarli barcha xududlari Xoysallar davlatiga,  keyinchalik 16-asr oxirigacha Vijayanagar davlatiga qo’shib olingan. 1399 yilda Vijayanagarga vassal bo’lgan Maysur knyazligi tashkil topgan.

Картинки по запросу фото майсур индия

Maysur shahridagi markaziy saroy

1610 yilda Maysur mustaqillikka  erishgan (Vodeyar  sulolasi  boshchiligida). Taxminan 1761  yilda  knyazlikdagi hokimiyat  Haydar  Alining  qo’liga  o’tgan.  U  markaziy  hokimiyatni  mustahkamlashga  harakat qilgan, jumladan, kuchli armiyani vujudga keltirgan va muvaffaqiyatli urushlar natijasida kannara  xalqiga  mansub  aholini  tashkil  qilgan  butun  hududni  o’z  hokimiyati  ostida birlashtirgan. Uning o’g’li Tipu Sulton (1782—99 yillarda hukmronlik qilgan) davrida Maysur Janubiy Xindistondagi eng kuchli davlatga aylangan va Malabar, Andxra va Tamilnad davlatlariga qarashli yerlarning bir qismini bosib olgan. 18-asrning 2-yarmida 4-ingliz — Maysur Urushlari natijasida Maysurning hududi kichraygan. 19-asrda ingliz mustamlakachilari yangi ta’lim va yozuvni joriy etganlar. Sekin-asta shahar aholisining o’rtahol qatlami shakllana borgan. M.ning ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanishiga  qaratilgan  qator  islohotlar  amalga oshirilgan.  Hindiston  mustaqillikka  erishgandan  keyin 1947  yil  Maysur Respublikaning shtatlaridan biriga aylangan. 1973 yilda ushbu shtatning nomi Karnataka deb o’zgartirilgan.

manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий