Mavsum marosim qo’shiqlari

Mavsum marosim qo’shiqlari— xalq og’zaki ijodining yil fasllarini belgilovchi, turli marosim hamda an’anaviy bayramlar jarayonida ijro etilgan qadimiy qo’shiq turlaridan.

Kelib  chiqishi  eneolit (yangi  tosh)  davrida  yuzaga  kelgan  chorvachilik  va  dehqonchilik mehnatlari bilan bog’liq. Qadimda mazkur mehnatlar yil fasllarining uzviy aylanib turish jarayoniga bevosita bog’liq bo’lgan. Odamlar turli marosimlar, qurbonliklar va qo’shiqlar homiy ruhlarga yoqib, ular bizga mo’l hosil beradi, deb ishonishgan. Buning natijasida bir-birini  to’ldiruvchi  mavsumiy  marosim  qo’shiqlar  silsilasi  shakl  topgan:  bahor  kelishi munosabati  bilan «Oftob  chiqdi», «Laylak  keldi», «Boychechak» kabi  qo’shiqlar  kuylangan; «Sumalak», «Gulyor» «Navro’z yo’klovlari», «Ish oshi» aytimlari «Navro’z» bayrami va«Lola sayli», «Qizil gul sayli» milliy-an’anaviy xalq bayramlarida; «Shoxmoylash», «Qo’sh-qo’sh» kabilar shudgorlash davrida, «Sust xotin» qurg’oqchilik boshlanganida ijro etilgan. Yozkuz fasliga  oid «Oblo  baraka», «O’rim», «Xo’r  mayda», «Qovun  sayli», qishda  o’tkazilgan gapgashtaklarda(«Alyor»), «Yas-yusun»  marosimlari  mashhur  bo’lgan.  Beruniy 6-asrdan ajdodlarimiz  kuzgi  teng  kunlikni «Mehrjon», bahorni«Navro’z» bayrami  bilan  davlat miqyosida nishonlanganini aytadi. Mavsum marosim qo’shiqlarida ilk bor band, bandnaqarot shakllari rivoj topib, o’yin harakatlari yoki afsun aytimlarining ritmik xususiyatlarini ifodalovchi musiqiy va she’riy (jumladan, satr bo’g’inlar soniga asoslangan barmoq) vaznlar yuzaga keladi. Muayyan ritmik«qolip» larga hamda parda tuzilmalariga tayangan ohanglar negizida keyinchalik ohangdor musiqa usulubi shakl topadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий