Tarixdagi eng badavlat kimsadan 7 maslahat

Spread the love

Yakob Fugger — qirollar, sayohatchilar, episkoplar va Rim papalarini moliyalashtirgan nemis bankiri bo’lib, u faoliyati davomida o’sha vaqtdagi, balki butun insoniyat tarixidagi eng boy inson bo’lgan.

Oddiy dehqonning bolasi bo’la turib u Rim papasi Lev X’ni tijoriy kreditlashni qonuniylashtirishga ishontira olgan. Uning pul ishlab topish mexanizmlaridan biri Martin Lyuterga 95 tezis yozib, islohotlashtirishni boshlash uchun vaj bo’lgan. Fugger 1519 yilda muqaddas Rim imperiyasining imperatorini saylashda katta rol o’ynagan — aynan uning pullari Ispaniya qiroli Karl V’ni Napoleon bosib olgan erlar kengligidagi imperiya taxtiga o’tirishga sabab bo’lgan.

1525 yilda o’limidan oldin Fuggerning boyliklari zamonaviy pullarda o’lchansa 400 mlrd. dollar yoki o’sha vaqtdagi Evropa YaIMining 2 foiziga teng bo’lgan. Tarix u kabi boy bo’lgan yana bir insonni biladi — Jon Rokfeller, lekin uning boyligi AQSh iqtisodiyotining kamroq qismini tashkil etgan.

Mana, Yakob Fugerning ba’zi bir sirlari: 

Boshqalar cho’chib turganda sarmoya kiriting. Fugger o’ziga katta boylik keltirgan ikki joyda pul tikishga yuragi dov bergan. Birinchisi ertshertsog Sigizmund Tirollik bilan bo’lgan: Fugger unga Venetsiya bilan mojaroda katta pul bergan. Boshqa bankirlar hertsogga pul berishdan voz kechishgan, biroq Fugger o’zi topgan barcha narsani unga taklif etgan va hertsog Venetsiya bilan bog’liq ishlarini tugatib olgan. O’zining qo’llab-quvvatlaganiga javoban Fugger Er yuzidagi eng yirik kumush koniga ega bo’lgan.

Bundan tashqari, Fugger boshqalar turk bosqinchiligidan cho’chib turganida vengerlarning mis konlariga sarmoya kiritgan. Natijada, u ushbu konni ham o’z tasarrufiga o’tkazgan. Turklar haqiqatdan ham Vengriyani egallab olishgan, biroq bu voqealar Fuggerning o’limidan keyin yuz bergan.

Almashtirib bo’lmas bo’ling. Ba’zi bir korxonalar kasodga uchramaslik uchun o’ta keng miqyosda harakat olib borishi haqidagi g’oya – yangi emas. Fugger ham bundan yaxshigina xabardor edi va bundan o’zini hisoblar bo’yicha pul to’lashdan osogina bo’yin tovlaydigan monarxlarning zo’ravonligidan himoya qilish yo’lida foydalangan. Fuggerda shunday narsa bor ediki, mijozlarining usiz ishi bitmasdi: u darhol katta pul topib bera olardi. Ularga Fugger ham, uning shartlari ham yoqmasdi. Biroq ularda boshqa variant ham yo’q edi.

Axborotga ega bo’ling. Fugger yaxshi fakt nechog’lik qadrli ekanligini yaxshi bilardi. U bozordagi harakatlardan hammadan birinchi boxabar bo’lib turish uchun jahondagi birinchi yangiliklar xizmatini yaratgan edi. Imperator Maksimilian (Karla V’ning bobosi) bankirga Henrix VII frantsuzlarga qarshi urush uchun garov sifatida picha tilla jo’natganini aytadi. Fugger esa bitimni imzolamaydi: Angliyadagi josusi qirolning kemalari bandargohni tark etmaganini unga etkazib bo’lgan edi.

Raqamlar bilan do’stlashing. Qo’sh buxgalteriyani italyanlar ixtiro qilgan, biroq Fugger uni birinchi marta Alp tog’larining shimolida qo’llay boshlagan. U buxgalterlik fanini jiddiy ravishda rivojlantirgan va o’zining ko’p sonli korxonalari uchun umumlashma balans yaratgan. Bundan tashqari u o’z filiallari faoliyatini tekshirib turish uchun auditorlardan foydalangan ilk kishi bo’ladi. Uning buxgalterlik kitoblarida Fuggerning o’zi hoshiyalarda bitgan bitiklarga ko’z tushishi mumkin: u xarajatlarning ma’lum bir bo’limlarini jiddiy kuzatgan.

Yaxshi ta’lim oling. Fugger bir necha yil o’sha vaqtlarning ishbilarmonlik markazi — Venetsiyada o’qigan. U butun umr o’ziga xizmat qilgan bilim, tajriba va aloqalarni orttirgan.

Sovuqqonlikni saqlang. Avstriya episkopi Fugger bankining eng yirik omonatchilaridan biri edi. 1509 yilda episkop o’lgach, papa zudlik bilan pullarni cherkovga o’tkazib berishni so’raydi. Biroq pullar konchlik loyihalariga yo’naltirilgan va Fuggerga talabni bajarish uchun likvidlik etmaydi. Biroq rad etish yoki rad etganlik haqidagi mish-mishlar ham uning imperiyasiga nuqta qo’yardi. Ammo Fugger xarajatlarni qisqartirish o’rniga, oldingidan ham besh battar xarjlay boshlaydi — biror kishi unda muammolar borligini sezib qolmasligi uchun. Bu esa unga papa bilan najot bitimi tuzish uchun qo’shimcha vaqt taqdim etadi.

Jamiyatga qarzingizni qaytaring. Fugger Fuggeray kvartali — jahonda birinchi marta arzon turar-joy manzilgohi yaratuvchisi sifatidan tarixdan o’rin olgan. U ishlayotgan har qanday inson boshpaga ega bo’lishi kerak, deb hisoblardi. O’z kvartalida uy-joy ijarasi uchun bozor stavkasining faqat chorak qismini olardi. Fuggeraydan hozir ham shu maqsadda foydalanilmoqda va uning ona shahri Augsburgdagi yirik turistik markaz ham hisoblanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий