Mashina o’g’irlashdan sakkiz maqsad

Rossiyalik mutaxassislar avtomobil o’g’irlashning sakkiz sababini izohladi, deb yozadi Carzone.

  1. Avtomobilni o’g’irlab, so’ng uni “egizagi” ko’rinishida qonuniylashtirish

Bu juda oddiy usulligi bois keng tarqalgan. Oldin avtomobil o’g’irlanadi, keyin dilerlik tarmog’i yoki ta’mirlovchi va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotning ma’lumotlar bazasi orqali xuddi shu marka, rusum va rangdagi mashina tanlanadi. So’ng o’marilgan avtomobilga yuqoridagi belgilar qo’yiladi va soxta hujjatlashtiriladi. Endi uni sotib yuborish mumkin.

  1. YTHga uchragan, yonib ketgan yoki juda eski avtomobilning identifikasion belgilarini o’g’irlangan avtomobilga o’zlashtirib olishusuli ham keng tarqalgan. Bu anchayin xavfsiz va fosh etish murakkab bo’lgan usullardan. Xuddi bundan oldingidek sxemadan foydalaniladi, faqat markirovka “egizak”niki emas, tamom bo’lgan avtomobilniki bo’ladi.
  2. “So’yib” sotish maqsadida o’g’irlik qilish

Qassoblik hamma zamonlarda eng daromadli kasblardan hisoblangan. Mashina qassobligi ham yomon daromad keltirmaydi, xususan, o’g’irlangan mashinani bo’laklarga bo’lib sotish. Asosan, uzoq yo’l yurgan, konveyerdan chiqarishi to’xtatilgan rusumlar “so’yib” sotiladi. Ammo kundan kunga zamonaviy ehtiyot qismlar xaridorgir bo’lib bormoqda. Talabga yarasha taklif degandek, o’g’rilar zamonga moslashib, yangi avtomobillarni ham o’g’irlab, bo’laklarga bo’lib sotishni ommalashtirmoqda.

  1. Identifikasion belgilarini o’zgartirish maqsadida avtomobil o’g’irlash va bojxonada rasmiylashtirib “orqani tozalash”

Bu sxemada o’g’irlangan avtomobil boshqa mamlakatdan keltirilgan mashinaning “egizagi”ga aylanadi. Bu usul ham egasiga foyda keltiradi.

  1. Mamlakatdan olib chiqib ketish uchun avtomobil o’g’irlash

Juda oddiy usul: mashina o’g’irlangani zamoni chetga olib chiqib sotiladi va uyoqda qing’ir yo’l bilan qonuniylashtiriladi.

  1. Sovg’a evaziga qaytarish sharti bilan avtomobil o’g’irlash

Bu anchagina xatarli usul, qo’lga tushib qolish xavfi borligi uchun yildan yilga o’g’rilar kam foydalanmoqda. Qolaversa, avtomobilni sug’urtalash tizimi takomillashgani sari samarasi pasayaveradi.

  1. Temir-tersakka topshirish uchun avtomobil o’g’irlash

Ma’lumki, temir-tersakka, asosan, uzoq vaqt bir joyda qolgan mashinalarni topshirib yuborishadi. Qizig’i shundaki, g’aflatda qolgan egasi soliq to’lash vaqti kelgandagina mashinani o’g’irlatganini sezadi. Bu kam daromadli usuldir.

  1. Turli firibgarliklarni amalga oshirish maqsadida mashina o’g’irlash

Eng qiziqarli usul. Uyushtirish mumkin bo’lgan turli-tuman firibgarliklardan birini keltiramiz: avtomobil egasining buyurtmasi asosida (Shurikning filmlaridagi kabi) jo’rttaga o’g’irlanadi. Mashinasini “o’g’irlatib”, go’yoki, jabrdiydaga aylangan egasi sug’urta pulini qurtdek sanab oladi.

“Avtomobil o’g’irlashlarining eng asosiy sababi egasining loqayd va beparvo munosabati, tegishli choralarni ko’rmasligi, asrab-avaylamasligi”, deydi Ichki ishlar xodimlaridan biri.

Maqolamiz so’ngida avtomobil o’g’rilarining hafsalasini pir qilishingiz uchun uch maslahat beramiz.

  1. Hyech qachon mashinangizning eshigini ochiq, kalitni teshikda qoldirmang.
  2. Ko’zdan nari va yoritilmaydigan joyda mashinangizni uzoq vaqt qoldirmang, hamisha qo’riqlanadigan joyda tursin.
  3. GPS –monitoring tizimi, begona shaxs mashinani ochishi va o’t oldirishiga yo’l qo’ymaydigan mexanik va elektron himoya qurilmalarini o’rnating.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий