Mashhurlar hayotidan 12 ta eng qiziqarli faktlar

Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan. Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol nemischaga tushunmagan.

Mashhur qo‘shiqchi Nik Keyv dumcha (?!.) bilan tug‘ilgan.

Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.

Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.

Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan.

Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonvorlarni multfilmlarda «tiriltirish»ga kirishgan.

Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan.

Oyga qadam qo‘ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha Oy ma’nosini beradi.

Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.

Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan.

Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular gung bo‘lishgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий