Mashhur Ermitaj haqida faktlar

  1. Ermitaj mashhur me’mor Rastrelli loyihasi asosida qurildi.

    2. Binoning uzunligi 200, eni 100 va balandligi 30 metrni tashkil etadi.

    3. Ermitajda jami 1057 ta xona bor.

    4. Baland oq ustunlariga 176 ta qandil o’rnatilgan.

    5. Barokko uslubidagi saroy muzeyga aylanishdan oldin imperator qarorgohi bo’lgan.

    6. Muzeyning shakllanishida Yekaterina II alohida hissa qo’shgan. u 1764-yilda golland va flamand rassomlarining san’at asarlarini sotib olib, muzeyga taqdim etgan.

    7. 1796-yilga kelib Ekaterina boshchiligida yig’ilgan asarlar soni 3996 taga yetdi.

    8. Dastlab Ermitajga tomoshabinlar kiritilmagan, ekskursiyalarga ruxsat berilmagan.

    9. Nodir matohlarning bir qismi sobiq ittifoq davrida Amerikaga sotib yuborilgan.

    10. 1845-yili muzey direktorlaridan biri Tatishevning vasiyati bilan qadimgi san’at ustalarining noyob asarlari muzeyga topshirildi.

    11. 1852-yilda Ermitajning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

    12. 1880-yilga kelib muzeyni ziyorat qilganlar soni 50 mingga yetdi.

    13. 2-jahon urushi davrida bino yerto’lasidan xavfsizlik yo’lida foydalanib, undagi 2 million dona asar Uralga ko’chirilgan. Urush tugaganidan so’ng barcha asarlar o’z o’rniga qaytarilgan.

    14. 1990-yilda “Ermitaj” jamg’armasi tuzildi.

    15. 2006-yilda 221 ta asar yo’qolgan. Bir yildan keyin, ularning bir qismigina topilgan.

    16. Hozirgi kunda Ermitajda 3 milliondan ortiq asar bor.

    17. Ularning 949 388 tasi san’at na’munalari, 734 400 tasi arxeologik topilmalar, 1 125 323 tasi tanga va medallar, hamda 144 185 tasi boshqa asarlardir.

    18. Muzeyga yiliga 3 million odam tashrif buyuradi.

    19. 2015-yilda Ermitaj Barselonadagi filialini ochishni rejalashtirmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий