Malina aterosklerozni davolaydi

Shamollashga qarshi beqiyos shifo manbai hisoblangan malina fitosterin moddasiga boy. Bu modda ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi. Ba’zi uy bekalari malinadan murabbo yopganda uni ezib, urug’laridan tozalashadi. Bu noto’g’ri, chunki sterin moddasi malinaning aynan urug’ida mavjud.

Malina barglari ham teri kasalliklariga davo. Tibetda malina barglaridan prostata bezini davolashda foydalanishgan. Damlama tayyorlash uchun yarim litr suvga 2 osh qoshiq quritilgan malina barglarini solib, yarim soat davomida past olovda qaynatiladi. Damlamani bir soat tindirib, yarim stakandan kuniga 3 mahal ichiladi.

Malina allergiya qo’zg’atish xususiyatiga ega. Shuningdek, podagra, buyrak kasalliklari, gastrit va oshqozon yarasiga chalingan bemorlarga malina mumkin emas!

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий