Madagaskar aholisining uchdan biri qismi mushuk go’shti bilan oziqlanishi ma’lum bo’ldi

AQShlik, tanzaniyalik va madagaskarlik olimlar guruhi Madagaskar aholisining uchdan biri vaqti-vaqti bilan mushuk tanovul qilib turishini aniqladi.

Ular bozordan sotib olingan o’lik mushuklarni emas, balki o’zlarining uylaridagi, sovg’aga olingan yoki ov qilib tutilgan yovvoyi mushuklarni iste’mol qilishni afzal ko’rishadi. Olimlarning fikricha, madagaskarliklarning bunday odati ko’plab xavfli kasalliklarning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari Anthrozoös jurnalida chop etildi.

Olimlar tadqiqot paytida Madagaskarning markaziy qismida yashovchi 512 kishi o’rtasida so’rovnoma o’tkazib, ularning mushuk go’shtini ovqatga ishlatishlari sababi va ularni tayyorlash usullari, shaxsiy sabablar hamda mahalliy odatlar bilan bog’liq udumlar va taqiqlovlar haqida so’raldilar. So’ralganlardan kamida uchdan biri umrida bir marta bo’lsa ham mushuk go’shtini tanovvul qilganini tan oldi, ulardan yarmi esa yaqin oylar ichida mushuk go’shtini iste’mol qilgani ma’lum bo’ldi. Ulardan deyarli birortasi ham mushuk go’shtini yaxshi ko’rganlari uchun tanovul qilgani aytmagan va faqatgina bir necha kishigina buni ochlik sababli qilganini aytgan. Olimlarning aytishicha, mamlakatda mushuk go’shti boshqa mahsulotlar yetishmagani uchun emas, balki oqsil manbai sifatida iste’mol qilinadi. Biroq bunday xulosalar chiqarish uchun batafsilroq tadqiqot talab etiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, o’lik yoki urib ketilgan hayvonlarni tanovul qilish botulizm, Laym kasalligi, qaytalama terlama va toksoplazmoz kabi jiddiy kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun tadqiqotlar o’tkazilishi epidemiyalar xatarini baholash va ularning rivojlanishining oldini olish hamda sog’liqni saqlash tizimi ishini yaxshilash uchun zarur. Tadqiqotning keyingi bosqichida aholi tomonidan quturish tashuvchilari bo’lishi mumkin bo’lgan itlarning tanovul qilinishini bilish maqsadida so’rovnoma o’tkaziladi. Madagaskarda aksariyat hayvonlar vaksinasiya qilinmaydi.

Mushuk go’shti ko’p xalqlarda tanovul qilinadi, birgina Osiyoning o’zida bir yilda 4 mln dona uy mushugi iste’mol qilinadi.

manba: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий