Lalmikon  tuz koni

Qashqadaryo  viloyatining  janubiy-sharqidagi  kon.  Dehqonobod shaharchasidan 50 km janubda, Turkmaniston chegarasiga yaqin joyda. Sigmoid ko’rinishidagi antiklinaldan iborat.  Antiklinalning  uzinligi 6—8  km,  eni 1—2,5 km.  Tuz  qatlamlari  o’rta qismida yer yuzasigacha ko’tarilgan. Antiklinalning qanotlarida esa tuz 200—2000 m gacha qalinlikdagi gilmoya, alevrolit, qumtosh va ohaktoshlar tagida, neogen va yuqori yura davri yotqiziqlari orasida uchraydi. 1950— 60 yillarda geologlar yuqori yura davri yotqiziqlaridagi osh tuzi qatlamlari orasida 600—1000 m chuqurlikda zarur mineral o’g’it hisoblangan kaliy tuzining 3—5 m li qatlamlari borligini aniqladilar. Tuz qatlamlaridagi kaliy xloridning miqdori 32— 35% ni tashkil etadi. Kondagi osh tuzining zaxirasi bir necha mlrd. t, kaliy tuziniki— 200 mln. t dan ziyodligi ma’lum. Tuz qatlamining qalinligi 400—450 m.

Ba’zi joylarida yer osti suvlari ta’sirida tuz yuvilib g’orlar paydo bo’lgan. L.t.k. Lalmikon  tuz koni  savdogarlar Afg’oniston, Hindiston va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga, Buxoro, Xorazm va Farg’ona vodiysi shaharlariga olib borib sotganlar. Bu tuz «samarqand tuzi», «qarshi tuzi» nomi bilan mashxur bo’lgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий