Lab bo’yog’ining antiqa tarixi

Yer yuzadagi ilk odamlar ham tanasini turli ranglarga bo’yagan. Mineral bo’yoqlar zararli ekanini bilgach, ularni hayvon yog’lari bilan aralashtiradigan bo’lishgan. Qadimgi qishloqlardan birinchi qazish natijasida bo’yoq izlarini topishgan yog’ va bo’yoq vositasi qorishmasi. Tarkibiga ko’ra, u lab bo’yog’ini eslatardi.

Lab bo’yog’ining kashf qilingani uchun misrliklardan minnatdor bo’lishimiz kerak Bu kosmetik vositadan qadimgi Yunoniston va rim go’zallari jon deb foydalanishgan. Afsonaga ko’ra, go’zallikning eng birinchi hakami Troya shohining o’g’li Paris bo’lgan ekan. Zevs unga o’zaro baxslashayotgan ma’budalar Gera, Afrodita, Afinadan qaysi biri go’zalroq ekanini aniqlashni buyurgan. “Eng maftunkor” yozuvli olmani Paris Afroditaga topshirgan. Ko’p o’tmay uning pudra va lab bo’yog’i ishlatishi ma’lum bo’lgan.

Qadimgi Misrda lablar yanada aniq ko’rinishi uchun yorqin va to’q ranglardan foydalanishgan. Misrliklar hatto o’layotgada ham undan ayrilishni istamagan: sevimli lab bo’yog’i bilan ko’milishni ma’qul ko’rishgan. Ammo o’rta asrlarda lab bo’yog’i misrliklar hayotidan uzoq vaqtgacha chiqarib tashlandi.

XVII asrda Angliya parlamenti shunday qaror chiqardi: agar er to’ydan so’ng xotinining to’ydan avvalgidek chiroyli emasligini (chunki ilgari u pardoz – andoz qilgan) sezib qolsa, xotiniga “tuzalish”ga imkon ham bermay bemalol ajralishi mumkin.

XVIII asrda Frantsiyada lab bo’yog’i faqatgina tabiiy moddalardan tayyorlangan va ular faqatgina erkaklar uchun atalgan. Lyudovik XVI davrida erkaklar soch – soqolidan ajralib turishi uchun lab bo’yog’i surtishgan.

XX asr boshlariga kelib ayollar lab bo’yog’idan foydalanish imkoniga ega bo’lishdi, lekin hamma ayollar foydalana olishmagan, balki engiltak ayollar. Yaxshi nomi bo’lgan go’zallarning bu taxlit pardozni qilishi salbiy qabul qilingan.

Lab bo’yog’ining ikkinchi marta tug’ilishi mutaxassislarning fikricha, Amsterdamdagi butun jahon ko’rgazmasida 1903yilda sodir bo’lgan. Kiyik yog’idan qilingan kosmetik vositani ko’pgina ayollar munosib baholashgan. Shuningdek, Mashhur aktrisa Sara Bernar ham. Lab bo’yog’i bugungi ko’rinishini olishi uchun 30 yildan ortiq vaqt kerak bo’ldi.

1915 yilda AQShda lab bo’yog’i ilk marta hozirgi kunda har bir ayolning sumkasidan topish mumkin bo’lgan qulay tyubikda chiqarildi. Kino paydo bo’ldi va kosmetika oldida “yashil chiroq”ni yoqdi. Lab bo’yog’ini surish ham haqiqiy san’atga aylandi. Bu sohaning o’z uslubchilari paydo bo’ldi. Turli firmalar lab bo’yog’ini ishlab chiqara boshladi. Ayollar lab bo’yog’i odamlarga yoqish uchun katta yordam berishini tushunishdi. 1930 yillarda chiqqan lab bo’yog’ining reklamasida ishga kirayotgan ayol uchun pomada “plyus” ekani aytilardi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий