“Lab bo’yog’i qiroli” qanday qilib 1,5 millon AQSh dollari ishlab topdi?

Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan internet tarmog’i bilan bog’liq tushunchalar iste’molga kirib kelyapti. Shunday tushunchalardan biri “Bloger” tushunchasi edi. Endi ijtimoiy tarmoqlarda “byuti-bloger” xizmati ommalashib bormoqda. Atamaning nomidan ko’rinib turibdiki, bunday bloglarni yuritish kosmetika olami bilan bilan bog’liq. Byuti-blogerlar yangi ishlab chiqarilgan kosmetika mahsulotlarini o’zlarida sinab ko’radilar va bu jarayonni to’g’ridan-to’g’ri internet tarmog’i orqali muxlislariga namoyish etadilar.

Xitoylik shunday byuti-blogerlardan biri Li Szyatsi «Taobao» savdo platformasida 2017 yil davomida lab bo’yoqlarini sinovdan o’tkazdi va 1,5 million AQSh dollari miqdorida daromad qildi, deb yozmoqda «China Daily» nashri. Szyatsi bir kunda 300 dan ortiq lab bo’yog’ini o’zida sinab ko’rgan. Uning har kuni olib boradigan jonli efiri yetti soatdan kam davom etmagan. Bu jonli efir faqat ovqatlanish, suv ichish  vaqtida uzilgan.

Szyatsining ashaddiy muxlislari unga “Lab bo’yog’i qiroli” yoki “temir labli birodar” deb nom qo’yishgan. Uning ko’pgina ayol byuti-blogerlardan farqi bir martannig o’zida ko’plab lab bo’yog’ini sinab ko’rgan, boshqa ayol byuti-blogerlar bir martada uchtadan ortiq lab bo’yog’ini sinashmagan. Chunki, lab bo’yog’ini ko’p marta surib ko’rish  bilan ham labga jarohat yetkazish mumkin ekan. Li esa bir kunda 380 tagacha lab bo’yog’ini sinab ko’rgan.

Szyatsining so’zlariga ko’ra, u o’z muxlislariga eng yaxshi mahsulotni arzon narxda sotib olishga yordam bergan. Ayrim do’konlar uning muxlsilariga chegirmalar taqdim qilgan.

2017 yilning oxirida uni Szyansu pedagogika universitetiga dars berishga taklif qilishgan. Bu yerda u “Taobao Writing and Communications” deb nomlangan kursdan saboq beradi. «Taobao» elektron savdo maydonchasi «Alibaba» kompaniyasiga tegishli.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий