Kun chiqar mamlakat poytaxti (Tokio)

Tokio  — Yaponiyanit poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi.

Aholisining soni va sanoatning o’sish sur’atlari bo’yicha dunyodagi yirik shaharlar orasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Xonsyu orolining janubiy-sharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, Tama daryolarining Tokio qo’ltig’iga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanvarning o’rtacha trasi 3,G, eng issik, oy — avgustniki 25,6°. Yillik yog’in 1343 mm. Seryog’in mavsumda tez-tez tayfun bo’ladi. Tokio seysmik faol zonada joylashgan.

Aholisi 8,1 mln. kishi (2000). Poytaxt prefekturasi (Syutoken) yoki Katta Tokio tarkibiga 4 ta prefekturaning shahar va shaharchalari kiritiladi, aholisi 28 mln. kishidan ziyod. Mamlakat milliy daromadining 1/5 qismi Tokioga to’g’ri keladi.

Картинки по запросу фотот токио

Tokioning tun qo`ynidagi go`zalligi

Gap shundaki, Tokio bugungi kunda rivojlangan shaharlarning oldi qatoridan joy olgan. Shunindek, shaharda bir kvadrat metr yer 13333 AQSh dollarga tengligi aniqlangan. Tokioda birorta ortiqcha yerni uchratmaysiz.

Tokioga 15-asrning o’rtalarida asos solingan. 1457 yilda Edo qasri qurilgan bo’lib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari ko’payib bordi. 1590 yilda Edo shaxri Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa o’sha vaqtda Kioto shaxri edi. 18-asrda Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869 yilda hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Musixito qo’liga o’tgach, poytaxt Edoga ko’chirildi va Tokio («sharqiy poytaxt») deb ataldi. 19-asrning 2 yarmida Tokioda ipak, lok bo’yoq, chinni sanoatlari, 19-asrning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923 yil 1 sentyabrdagi zilzila va uning oqibatlarida kelib chiqqan yong’in tufayli Tokioning ko’p qismi vayron bo’ldi. 2-jahon urushi vaqtida Tokio AQSh aviasiyasi tomonidan bombardimon qilingan.

Tokio dunyodagi eng xavfsiz megapolisdir. Tokio shunchalik xavfsizki, olti yashar bolalar jamoat transporti bilan mustaqil ravishda bemalol foydalana oladilar. Bu haqiqatda ham fantastika.

Картинки по запросу фотот токио

Tokioning markaziy ko`chalaridan biri

Tokio— transport yo’llarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. tonnadan ortiq yuk ortib tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Yetakchi sanoat tarmog’i — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va yengil sanoat (to’qimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining katta qismi mayda va o’rta korxonalardan ibora Tokio — yirik savdotaqsimot markazi. Shaxarda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar,  sug’urta idoralari joylashgan. Tokioda untlar, Yaponiya FA, San’at akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, BriJston san’at muzeyi, zamonaviy san’at milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va boshqa), kutubxonalar, konsert zallari bor. Me’moriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bog’ bilan o’ralgan imperator saroyi (1869 yilgacha Edo qasri, 15—17-asrlar), saroy majmuasi (1600), manzarali bog’ (17—18-asrlar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan.

Soka unti hududida 2004 yil 26 martda Alisher Navoiyga haykal o’rnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiyev). 1964 yilda Tokioda 18 Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.

Tokio Universiteti – Yaponiyaning eng qadimiy va yirik oliy o’quv yurti. 1877 yil Soxeyko (1790 yil asos solingan, konfusiychilikni o’rganish markazi), Kayseygo (1855, g’arb madaniyati), Igakuso (1863, g’arb tibbiyoti) o’quv yurtlarining birlashuvi natijasida Tokio milliy (imperator) unti sifatida tashkil etilgan. Huquq, iqtisodiyot, filol., muhandisliktexnologiya, ped., tabiiy fanlar, qishloq xo’jaligi, tibbiyot bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1877 yil tashkil etilgan)da 4 mln.dan ortiq asar bor. 20 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий