Kuchli baqirish og’riqni qoldiradi

Og’riqdan baqirib yuborish organizmga yoqimsiz sezgilarga bardosh berishga ko’maklashadi. Singapurlik olimlar o’tkazgan tadqiqotdan so’ng shunday xulosaga kelishdi. Bunga sabab – baqirish jarayonida mushaklar tirishishi miyaga borayotgan og’riq signallari uchun to’siq rolini o’taydi.

Olimlar 56 nafar ko’ngilliga barmoqlarini muzdek suvga solib, iloji boricha uzoqroq vaqt davomida ushlab turishni so’radi. Tajriba ishtirokchilari bu paytda jim turishi, «voy» (ingliz tilida «ow») deb baqirishi, tugmani bosishi va yana bir necha xil harakatlarni bajarishi mumkin edi. Ikkinchi holatda ko’ngillilar og’riqqa eng ko’p — o’rtacha 30 soniya bardosh berdi, bu jim turish vaziyatidagidan 5 soniyaga ko’pdir.

Ayni paytda ushbu hodisa bo’yicha olimlar bahslashmoqda.

manbaa: antiqa.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий