Ko‘zguning siz bilmagan sirli xususiyatlari…

Texnika fanlari doktori, kibernetik olim V. Pravdivsevning aytishicha, ko‘zgularning sirli tomonlari ko‘p ekan.– Bu voqea Moskvadagi tanishlarim bilan yuz bergan, – deydi olim. Ular qadimiy buyumlarni to‘plashga qiziqishar, uylari qadimiy mebel, surat va bezaklar bilan to‘lgandi. Biz bir necha oy ko‘rishmadik va bir kuni telefon jiringlab qoldi. Ular muhim gaplari borligini aytishdi. Ular bilan uchrashib, yuz-ko‘zlaridan qandaydir noxushlik yuz berganini angladim. G‘ayritabiiy hodisa, deyishdi ular. Tunlari ular qo‘rqinchli tushlardan uyg‘onib ketishgan. Ular bir xil tush ko‘rishgan. Ikkalasi ham o‘tda yonayotgan ekan. Ma’lum bo‘lishicha, ular ikki oy ilgari bir kampirdan qadimiy ko‘zgu sotib olishgan va yotoqxonaga osib qo‘yishgan. Qo‘rqinchli tushlar o‘sha kundan boshlangan. Ularga ko‘zguni boshqa xonaga osib qo‘yishni maslahat berdim. O‘shandan so‘ng ularni dahshatli tushlar bezovta qilmay qo‘ygan. Bir kuni qo‘ng‘iroq jiringlab qoldi. Tanishlarim ko‘zguni sotgan kampirni topishib, undan ko‘zguning tarixini so‘rashibdi. Kampirning aytishicha, uning ukasi ustiga kerosin sepib o‘t qo‘yib yuborishi oqibatida o‘lgan ekan. Bu fojia o‘sha ko‘zgu turgan uyda yuz bergan.

Olimlarning fikrlariga qaraganda, o‘ta kuchli ruhiy hayajon paytida insondan chiqayotgan mayda zarralar bo‘shliqda tizilib fikr va tuyg‘ularning izini hosil qiladi. Bu izlar ko‘pincha ko‘zguga o‘tadi.

Nyu-yorklik olimlar 15 yil davomida ko‘zguning insonga ta’sirini o‘rganishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘zgu oldida uzoq vaqt o‘tiradigan va ayniqsa, ko‘ziga ko‘p tikiladigan odamlarda charchoq va xotira zaiflashishi paydo bo‘ladi. Olimlar ko‘zgu inson quvvatini so‘rishini tajribalar yordamida aniqlashdi. Quvvatni tortib olish ko‘zgu ro‘parasida uch daqiqa o‘tirgandan so‘ng boshlanadi. Shuning uchun ham o‘zini uzoq vaqt “oynaga solish” zararlidir.

Ko‘zguning insonga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchi olimlar quyidagi maslahatlarni beradilar:

* Go‘dak uch yoshga qadar oynaga qaramasligi kerak. Aks holda, bo‘yi o‘smay qolishi va tishlari kech chiqishi mumkin.

* Yotoqxonaga ko‘zgu qo‘ymagan ma’qul. Tuni bilan quvvatingizni so‘rib olishi mumkin.

* Kasal yoki charchagan paytingizda ko‘zguga kamroq qarang. Ko‘zgu ro‘parasida hech qachon yomon kayfiyatda turmang. U sizni “eslab” qoladi.

* Ko‘zguga jilmaygan holda yaqinlashing. Ketayotganingizda ham tabassum bilan, o‘zingizga omad tilab uzoqlashing. Ko‘zguga “yozilgan” yaxshi kayfiyat keyin yana o‘zingizga qaytadi.

manbaa: zamin.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий