Ko’p gapirish kasallikmi?

Ruhshunoslarning ta’kidlashicha nimadandir bezovta, ruhiy olami notinch odamlar ko’p gapirish orqali yengil tortadilar. Shuningdek hayotda o’zi istaganiga erisha olmaganlar ham shu usul bilan o’zlarini ovutadilar. Ular falon pulga men yangi uy oldim afsus ko’rolmaysizda, voy manovi kasalni tuzatishga shuuncha katta mablag’ga dori oldima deb aslida o’zlarida yo’q narsani ta’kidlash bilan yengil tortadilar. Shuningdek erkaklar ko’p gapirish asnosida o’z muammolariga yechim topishni o’ylasalar, ayollar aksincha nimaga gapirayotganlarini o’zlari tahlil qilmagan holda ham gapiraveradilar. Psixologlar ko’p gapirish o’sha odamning ichida ichki xavotir, qo’rquv kuchliligini sezdirib qo’yadi degan fikrdalar. Yana ko’p gapirayotgan erkakdan qo’rqmang u nima uchun gapirayotganini biladi. Ammo ezma ayolga yaxshilab e’tibor bering. Ko’p gapirish unda biror ruhiy kasallik belgisiga ishora bo’lishi ehtimoli bor.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий