Koinot raqamlarda

Quyosh nuri Yerga 8,5 daqiqada yetib keladi.*Oyning Yerdan ko’rinib turadigan eng ulkan krateri Beyli deb ataladi. Uning maydoni taxminan 26,000 kvadrat milga teng.

*Yerga har kuni 27 tonna kosmik chang yog’iladi. Bir yilda 10 ming tonnadan ortiq chang Yerga tushadi.

*Agar o’rgimchak ini tolasini Sentavr yulduzlar turkumidagi eng yaqin yulduzgacha tortib chiqilsa, tolaning og’irligi besh yuz ming tonnani tashkil etgan bo’lardi.

*Galaktikamizda har yili qirqqa yaqin yulduz paydo bo’ladi.

*Oyning diametri 3 476 kilometrga teng.

*Agar bir choy qoshiqni neytron yulduzlarini tashkil etuvchi modda bilan to’ldirilsa, uning og’irligi taxminan 110 million tonnaga teng bo’lardi!

*Dunyoda eng ko’p xususiy meteoritlar kolleksiyasi amerikalik Robert Xaagga tegishli – u ikki tonna samoviy jismlarni yiqqan. Xaag meteorit yig’ishni 12 yoshida boshlagan ekan.

*Kaliforniyaning Palomar tog’idagi teleskop 7,038, 835,200, 000,000, 000,000 mil masofadagi jismni kuzatishi mumkin..

*Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar Yupiter sayyorasining ichiga joylashishi mumkin.

*Oddiy pochta markasi bilan teng bo’lgan quyosh parchasi 1,500,000 dona sham yonganchalik yorug’likni bera oladi.

*Yerda og’irligi yuz kilogrammga teng jismning og’irligi Marsda 38 kiloga teng bo’ladi.

*Quyosh energiyasining 19 foizi atmosferaga singib ketadi, 47 foizi Yerga tushadi, 34 foizi esa koinotga qaytadi.

*Merkuriy sayyorasidagi bir kun Yerdagi ikki yildan uzunroq. Merkuriy o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi, Quyosh atrofini esa 88 kundan ozroq vaqt ichida aylanib o’tadi.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий