Ko’hnadaryo

Daryoliq— Amudaryoning qurib qolgan o’zani. Amudaryo muzlik davrida shu o’zandan oqib, chuchuk suvli Sariqamish ko’liga quyilgan. Hozir qadimiy daryo oqiziqlari va sho’rxoklar bilan to’lgan. Urganch shaxri yaqinidan boshlanib, shimoliy-g’arbga yo’valadi. Toshhovo’z vohasi orqali Ko’hna Urganch shaxrigacha boradi, undan g’arbga yo’valib, Bo’ten tog’i yaqinida ikki tarmoqqa ajraladi. O’zani 300 km. Ko’hnadaryoning ikki chetida ariq, kanallarning izlari uchraydi. Amudaryo toshganda suvi Ko’hnadaryoga kirib boradi.

Картинки по запросу Амударья

1878 yilgi katta toshqinda Amudaryoning suvi Ko’hnadaryo orqali Sariqamish ko’liga quyilib, ko’l suvi sathini 8 m ko’targan. Ko’hnadaryo atrofida barxanlar uchraydi. Uning terrasa (ko’hna qayir)larida qamish, qo’g’a, yulg’un, oqbosh, yantoq va boshqa o’sadi. To’qayzorlar ham bor. Keyingi yillarda Ko’hnadaryo kollektor bo’lib xizmat qilmokda. Xorazm viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Turkmanistonning Toshhovo’z viloyatidagi sizot suvlar Ko’hnadaryodan Sariqamishga oqizilmokda.

manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий