Kitoblarning teng yarmi nashr etiladigan TIL

Ingliz tilining jahon arenasidagi xalqaro til sifatida vujudga kelganiga ikki asrga yaqin vaqt bo’ldi. Shekspir ijodiyoti davrida ingliz tili hali rivojlanmagan til bo’lib, 6 mln.ga yaqin so’zlashuvchisi bor edi.

Bugungi kunga kelib, ingliz tili jahon hamjamiyatidagi eng ko’p talab qilinadigan aloqa vositasiga aylandi. Xalqaro aloqalarda, siyosatda, ilm-fanda, savdo-sotiq va madaniy aloqalarda o’zining beqiyos o’rniga ega bo’ldi.

Ayni paytda dunyoda 450 mln. aholining (2010 yilgi ma’lumot) ona tili ingliz tilidir. Bu yer sharidagi Xitoy tilidan keyingi o’z so’zlashuviga ega bo’lgan ikkinchi til hisoblanadi.

Ingliz tili rasmiy til sifatida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligida, Amerika Qo’shma Shtatlarida, Avstraliyada va Yangi Zellandiyada qabul qilingan. Asosiy muloqot tili sifatida esa Kanada, Janubiy Afrika, Irlandiya Respublikasida qo’llaniladi. Hindiston, Pokiston, Afrikaning bir necha davlatlarida va Osiyoning rivojlagan mamlakatlaridaikkinchi rasmiy til sifatida tan olingan. Ingliz tilini o’z ona tili sifatida qabul qilganlar faqat ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda emas, balki butun dunyoda topiladi. Dunyoda yashovchi aholining har 7 nafari ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Yer yuzining asosiy aholi yashaydigan hududlarida ingliz tili xorijiy til sifatida o’qitiladi.

Xalqaro mavqeyiga ko’ra, ushbu til o’zaro aloqalarda, radio-televideniyeda, davriy nashr hamda kitoblarda, savdo va ishbilarmonlar tili sifatida alohida ahamiyatga ega. Dunyoda chop etilayotgan ilmiy kitoblarning teng yarmi ingliz tilida nashr etiladi.

Axborot-texnologiya va iqtisodiy salohiyatning rivoj-lanishida mazkur tilning hissasi katta. Kompyuter texnologiyalari va avtomatlashtirishning so’zlari ingliz tilida dasturlashtiriladi.

Xalqaro aviatsiya, suv transporti va turizmda ham ingliz tili muhim o’rin tutadi.

Birlashgan Millatlar tashkilotining asosiy aloqa vositasi ingliz tili bo’lib, siyosiy muhokamalarda, millatlar o’rtasida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yo’lga qo’yishda alohida ahamiyatga ega.

Jahon tarixida faqat ingliz tili XVII asrda Shimoliy Amerikaga eksport qilingan yagona so’zlashuv vositasidir.

Ingliz tili adabiy boyligining rivojlanishida lotin va yunon tillarining hissasi katta.

Jahon dramaturgiyasida o’lmas asarlar yaratgan Uilyam Shekspir, muhabbat va o’z yurtining go’zalligini kuylovchi Robert Byorns, fizik olim Isaak Nyuton, buyuk ximik Karle Makintosh, morze alifbosining asoschisi Samuyel Fins Morze ushbu tilda ijod qilganlar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий