Kim Chen In 7 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyani tark etib, Xitoyga keldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2011 yildan beri ilk bor Shimoliy Koreya hududini tark etib, Pekinga Xitoyga ilk tashrif bilan yetib keldi.

Ma’lum qilinishicha, maxsus poyezd Kim Chen Inni Xitoyning shimoli-sharqiy chegarasida joylashgan Dandun shahri orqali Pekinga olib kelgan.

Ta’kidlanishicha, Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o’tkazish qarori bilan bog’langan.

Tashrifning qolgan tafsilotlari, jumladan Kim Chen In kimlar bilan uchrashishi va tashrifi qancha uzoq davom etishi haqida hyech narsa ma’lum qilinmagan.

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin jurnalistlarning o’tgan dam olish kunlari Dandun temir yo’l vokzalida shimoliy koreyalik rasmiy shaxs payqalgani haqidagi xabarga izoh berish iltimoslariga javoban, bu haqda hyech qanday ma’lumotga ega emasligini aytgan. Chunin, shuningdek, ikki davlat rasmiy vakillarining ehtimoliy aloqalari bo’yicha ham hyech qanday izoh bermagan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий