Keferning organizmga ijobiy ta`sirlari

 Kefir fermentlangan sut mahsuloti hisoblanib, eng shifobaxsh mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Kefirda katta miqdorda vitamin B12, kaltsiy, magniy, vitamin K2, biotin, folat va enzimlar, 30 hildan ziyod foydali bakteriya turlari mavjud.Kefirda probiotik (foydali bakteriya) turlari va miqdori qatiqnikidan bir necha barobar ko’p. Foydali bakteriyalar (probiotiklar) insonning ichak faoliyati, aqliy faoliyati va umumiy immunitet sog’lig’i uchun juda ham ahamiyatlidir.  Insonning 70% immuniteti holati uchun ichaklardagi bakteriyalar javob beradi. Ichaklar salomatligi miya sog’lig’i bilan ham uzviy bog’liqligi ilmiy tasdiqlangan haqiqatdir.175 ml kefirda 6 gr oqsil, 20% kunlik tavsiya qilingan miqdorda (KTQM) Kaltsiy, 20% KTQM fosfor, 14% KTQM Vitamin B12, 19% KTQM Vitamin B2, 5% KTQM Magniy, Vitamin D mavjud.Kefirdagi ba’zi foydali bakteriyalar antibakterial hususiyatlarga ega, ya’ni zararli bakteriyalarni yo’q qilish qobiliyatiga ega. Masalan, kefirdagi Lactobacillus kefiriprobiotigi Salmonella, ichak kasalliklarini qo’z’gatuvchi bakteriyalar, Pilori kabi zararli infeksiyalarga qarshi samaralidir.Kefirning organizmga ijobiy ta’sirlari: 

  • Suyaklarni mustahkam qiladi va osteoporozning oldini oladi.
  • Saratondan himoya qilishi mumkin.
  • Diareyaning bir nechta ko’rinishini davolashi kuzatilgan.
  • Immunitetni ko’taradi.
  • Ichaklarni tozalaydi.
  • Tanani vitamin, mineral, oqsil, foydali bakteriyalar bilan boyitadi.
  • Allergiya va astma simptomlarini yengillatadi.
  • Organizmdagi yallig’lanishlarni kamaytiradi.
  • Depressiya, uyqu muammolari, asab muammolari, giperaktivlik, doimiy charchash, gerpes, spid kabi sog’liq muammolarida ham ijobiy yordam berishi kuzatilgan.
  • Kefirni doim iste’mol qilish oshqozon-ichak muammolaridan halos qilishi, ich qotishining oldini olishi, hazm tiziminining yaxshi ishlashiga yordam beradi.
  • Kefir iste’moli nosog’lom taomlarni yeyish kuchli istagini ham kesadi.

manbaa: uzshifo.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий