Xalq ta’limi vazirligi yana bir bor o’qituvchilarni turli ishlarga jalb qilinishini inkor etdi

Spread the love

5 fevral kuni Milliy matbuot markazida o’tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Ulug’bek Inoyatovning jurnalistlar savollariga bergan javoblari ba’zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto’g’ri talqin qilingan.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati axborot berdi.

Xalq ta’lim vazirligidan ma’lum qilinishicha, majburiy mehnatning har qanday ko’rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglarning o’z kasbiga aloqasi bo’lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo’l qo’ymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro’sini oshirish yo’lidagi ishlarini davom ettiradi.

«Vazirlik qonunchiligimizda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so’zsiz amal qiladi», — ta’kidlanadi xabarda.

So’ngi yillarda O’qituvchi va shifokorlarni noqonuniy mehnatga jalb etish hollari keng tarqalgani aytiladi. vazirlik hozirga qadar byudjet xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilayotganini tan olmagan.

Majburiy mehnat ta’lim va sog’liq tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani aytiladi.

Umuman olganda, biz ta’lim sifatining oshishini, yetuk kadrlar yetishib chiqishini xohlar ekanmiz, o’qituvchilarni ham majburiy, ham ixtiyoriy ravishda turli ishlarga jalb qilishni to’xtatishimiz kerak. Aks holda taraqqiyotga erishishdan, turli sohalarda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan umid qilmay qo’yaversak ham bo’laveradi.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий