Tojikiston O’zbekistondan keladigan tuxum importini taqiqlab qo’ydi

Spread the love

Oxirgi ikki kun davomida O`zbekiston bilan chegara o`tkazish punktlarida Tojikistonga tuxum keltirish taqiqlandi.

«Tojikstandart» agentligi rasmiysi 11 aprel kuni ma’lum qilishicha so’nggi paytlarda Tojikistonga tashqaridan keltirilayotgan tuxumning sifatsizligi to’g’risida aholidan ko’plab shikoyatlar tushayotganini bois tuxum importi vaqtincha to`xtatilgan. Bu haqdagi qaror 9 aprel kuni qabul qilingan.

11 aprel kuni bir necha chegara o`tkazish punktlari bunday cheklov joriy etilganini tasdiqladi.

O`tgan oy Tojikiston va O`zbekiston ortasida vizasiz bordi-keldi boshlanishi ortidan qo`shni davlatdan Tojikistonga arzon tuxum, anor, gurunch va boshqa mahsulotlar o`ta boshladi.

Natijada, bir quti tuxumning narxi Dushanbe bozorlarida 27 somonidan 17 somoniygacha pasaydi.

Oldin Rossiya, Hindiston va Erondan Tojikistonga tuxum importi taqiqlagan edi.

Otgan yili «Tojikstandart» agentligi Erondan keltiradigan tovuq goshtini ham «sifatsiz va standartlarga javob bermasligi» sababli mamlakat bozoriga kiritmagan edi.

manba: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий