Sirdaryoda o’z xotinini beliga beton bog’lab suvga cho’ktirgan erkak ushlandi

Spread the love

O’zbekiston IIV xabariga ko’ra, o’z xotinini o’ldirib, beliga beton bog’lab, jasadini suvga tashlagan erkak qo’lga olindi.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 2018 yil 28 mart kuni bedarak yo’qolib, qidiruvda bo’lgan 1992 yilda tug’ilgan Sh.Sulaymonovaning jasadi oradan bir hafta o’tgach topilgan. Ayol tanasi «Haqiqat» mahallasidan oqib o’tuvchi «Markaziy

Mirzacho’l» zovuridan bel qismiga arqon bilan beton bo’lagi bog’langan holda topilgan.

Ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhumaning turmush o’rtog’i, 1989 yilda tug’ilgan B.Qashanov sodir etganligi aniqlangan.

Qotil er qo’lga olingan.

manba: asr.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий