Sh. Mirziyoyevining mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash bo’yicha farmoyishi e’lon qilindi.

Spread the love

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jazo o’tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash bo’yicha farmoyishi e’lon qilindi.

Qonunni buzgan, biroq o’z qilmishining huquqqa xilofligini anglagan va tuzalish yo’liga o’tganini qat’iyatlik bilan namoyon qilgan shaxslarga jamiyat va o’z oilasi davrasiga qaytish imkoni berilishi, o’zbek xalqining kechirimliligi, rahmdillik va bag’rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ro’yobga chiqarilishi hisoblanadi.

Mahkumlarni afv etish, ya’ni shaxsni jazodan ozod qilish yoki unga nisbatan tayinlangan jazoni yengilrog’i bilan almashtirish yuqorida sanab o’tilgan prinsip va an’analarning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi.

Shu bilan birga, aholi bilan ochiq muloqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki, sud amaliyotida jazo sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib bo’lishi, mahkumning shaxsini tavsiflovchi va aybini yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish yetarlicha to’liq ta’minlanmayapti.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 274ta jinoyat ishlari bo’yicha ayblov qayta malakalangani, jinoyat ishlarining 50tasi qonun o’zgarishi, 805tasi javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketganligi, 26tasi qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi munosabati bilan tugatilganligi bu haqda guvohlik bermoqda.

Ushbu ijtimoiy va huquqiy omillarni hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev jazoni ijro etish muassasalarida jazo o’tayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni joylarda ishchi guruhlar tomonidan sinchkovlik bilan, jumladan yakka tartibda suhbatlar o’tkazish yo’li bilan o’rganilishini tashkil qilishga farmoyish berdi.

Unga ko’ra, amalga oshirilgan ishlar natijasi bo’yicha 2017 yil 10 noyabrga qadar O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo’yicha komissiyaga ko’rib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etish ta’kidlangan.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий