Samarqand viloyat hokimining o’rinbosari o’zgardi

Spread the love

Samarqand viloyat hokimi o’rinbosarlari safida o’zgarish bo’ldi. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan Rustam Qobilov 16 apreldan e`tiboran Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.

Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma`lum qilishicha, shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Azamat Mardonovich Umarov o’z arizasiga ko’ra ushbu vazifasidan ozod etilgan.

Rustam Rajabboyevich Qobilov 1984 yilning 8 may kuni Toyloq tumanida tug’ilgan. Samarqand davlat universitetini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan. Ma`lumoti bo’yicha mutaxassisligi: sotsiolog, iqtisodchi.

2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

Rustam Qobilov 2005–2009 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boshlang’ich tashkiloti rahbari (jamoatchilik asosida);

2008–2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi (o’rindoshlik asosida);

2009–2011 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi «Yetakchi yoshlar» markazi rahbari;

2011–2015 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar kengashi raisi;

2015–2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi a`zosi;

2017–2018 yillarda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko’rsatgan.

manba: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий